Yangiliklar
Jizzax hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi — mamlakatimizda yaratilgan tadbirkorlik muhitining mahsuli
  • 03.03.2022
  • 235

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Jizzax shahrida o‘z ishini boshlagan sanoat yarmarkasida «Jizzax MET» filialidan mas'ul xodimlar ishtirok etishmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Galina Saidova, avvalo, yurtimizda tadbirkorlik muhitini yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Sanoat yarmarkasi tashkilotchilari, homiy va hamkorlar ishini yuqori baholashdi.  

Eslatib o‘tamiz, Sanoat yarmarkasida yuzdan ziyod sanoat korxonalari, o‘rta va kichik biznes vakillari, tadbirkorlar ishtirok etishmoqda. Unda «O‘zbekiston MET» AJ mutaxassislari mahalliy tadbirkorlar bilan yangi turdagi qurilma va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish yuzasidan kelishuvlarga erishmoqda.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>