Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ vakillari Jizzax shahridagi «Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi»da ishtirok etishmoqda
  • 03.03.2022
  • 457

Ayni paytda Jizzax shahrida «Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi» o‘z ishini boshladi. Unda «O‘zbekiston MET» AJ «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali ham ishtirok etmoqda.

⚡️ Sanoat yarmarkasida o‘nlab yirik sanoat korxonalari qatorida mamlakatimizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yuzdan ziyod o‘rta va kichik biznes vakillari, tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.

Tashkilotchilarning ma'lum qilishicha, Sanoat yarmarkasining rasmiy ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan delegatsiya — vazirlik va idora vakillar ishtirok etib, yarmarka o‘z ishini muvaffaqiyatli boshlagan.

Jizzax shahrida o‘z ishini boshlagan sanoat yarmarkasida ko‘plab shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda. «O‘zbekiston MET» AJ mutaxassislari elektr qurilma va asboblarini mahalliy tadbirkorlar bilan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflarini bildirmoqda.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

>