Yangiliklar
Bahor mavsumi oldidan nazorat ko‘rigi va ta'mirlash-sozlash ishlari olib borildi
  • 02.03.2022
  • 332

«Andijon MET» filialining Elektr uzatish liniyalari xizmati xodimlari tomonidan elektr tarmog‘idagi favqulotda nosozliklar ro‘y berishining oldini olish maqsadida,  2022-yil fevral oyida Qirg‘iziston Respublikasi hududida joylashgan, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi L-KRYu texnik nomga ega 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ining 83-, 84-, 88-, 89-, 93-, 101-, 103-, 104-, 105-raqamli tayanch ustunlaridagi yetishmayotgan jami 110 metr uzunlikka ega metall konstruksiya bo‘laklarini o‘rnatish ishlari yakunlandi.

Shuningdek, 93-, 97-98, 105-106, 106-107, 107-108, 108-109, 117-118, 118-119-raqamli tayanchlar oralig‘idagi daraxtlarining himoya zonasiga yaqin o‘sgan shoxlari kesilib, bahor mavsumi (yashinlar va sug‘orish mavsumi) oldidan o‘tkaziladigan nazorat ko‘riklari o‘tkazildi.

⚡️ Ayni paytda andijonlik energetiklar Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududdagi elektr tarmoqlarida nazorat ko‘rigi, ta'mirlash ishlarini olib borishmoqda.

✍️ Axborot xizmati

>