2022-yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e'lon qilindi.
Jamiyat taraqqiyoti, eng avvalo, ayollar va bolalarga yaratilgan sharoit hamda hurmat-ehtiromda namoyon bo‘ladi, degan edi sharq mutafakkirlaridan biri o‘z bitiklarida.
✔️ Haq gap. Ayollar e'zoz topgan jamiyatda bolalar — kelajak avlod erkin ulg‘ayadi. Erkin avlod ulg‘aygan jamiyatda inson qadr topadi, taraqqiyot bo‘ladi.
❓Xo‘sh, jamiyatimizda ayollarning o‘rni qanday? Energetika sohasida, xususan elektr energetika tarmog‘ida mehnat qilayotgan minglab ayollarning kasbiy faoliyatida-chi, qanday yangilik va o‘zgarishlar bor? Ularga munosib mehnat va turmush sharoitlari yaratilganmi?
Shu va shu kabi savollarga javob topish maqsadida Axborot xizmati hududiy-tarkibiy magistral elektr tarmoqlari filiallariga tashrif buyurib, “Sohamiz ayollarga alohida ehtirom» rukni ostida turkum filmlar namoyish etmoqda.
Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusi bilan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bayram dasturi tayyorlanmoqda. Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan ushbu turkum filmlar bayram tadbirini tashkil etishda foydalaniladi.
© «INFOgrafika» studiyasi mahsuloti
«Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan e'lon qilinadigan filmlarni kuzatib boring!
✔️ 1-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali
✔️ 2-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali
✔️ 3-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali
✔️ 4-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «Nurafshon» sanatoriyasi
✔️ 5-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali
✔️ 6-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali
✔️ 7-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati