Yangiliklar
O‘zbekistonda GES quvvati 2026-yilga borib 868 MVtga oshadi
  • 25.02.2022
  • 495

2022-2026-yillarda mamlakatni rivojlantirish strategiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 15 ta yangi GES quriladi, 5 ta mavjud GES esa modernizatsiya qilinadi. Buning yordamida 868 MVt qo‘shimcha quvvat paydo bo‘ladi.

2022-yilda Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 173 MVt bo‘lgan 7 ta GES quriladi.

2023-yilda umumiy quvvati 29 MVt bo‘lgan, Toshkent viloyatida bitta, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida 2 ta, GESni modernizatsiya qilish ishlari yakunlanadi.

2024-yilda Andijon, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi umumiy quvvati 122 MVt bo‘lgan 4 ta GESni modernizatsiya qilish ishlari yakunlanadi.

2025-2026-yillarda Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 544 MVt bo‘lgan 4 ta GES ishga tushiriladi.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan O‘zbekistondagi ikkinchi yirik GES qurilishi uchun Pskem daryosining kanali to‘silganligi haqida avvalroq xabar bergan edik.

#O‘zbekiston #suvenergiya

@Clearenergy

Manba: https://t.me/clearenergy/1364

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>