Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli havo tarmoqlarida ta'mirlash-sozlash ishlari tufayli iste'molchilar tarmoqdan uzilishi haqidagi asossiz xabarlarga e'tibor bermasligingizni so‘raymiz!
  • 19.02.2022
  • 264

❗️Hurmatli iste'molchilar!

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ  tasarrufidagi Milliy dispetcherlik markazining ma'lum qilishicha, ertaga — 2022-yil 20-fevral kuni Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining 500 kV kuchlanishli taqsimlash  tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib borilayotgani tufayli, L-503 Sirdaryo–O‘zbekiston havo tarmog‘ida ham ta'mirlash-sozlash ishlari bajariladi. Bu davr ichida Farg‘ona vodiysi iste'molchilarining elektr ta'minoti halqalangan 500 hamda 220 kVli havo tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.

  Hurmatli iste'molchilar, elektr ta'minoti tizimida oldindan rejalashtirilgan ta'mirlash-sozlash ishlari elektr ta'minotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmasligi uchun barcha texnik-muhandislik imkoniyatlar ishga solingan bo‘ladi va bu tegishli tartib-qoidalarga asoslangan.

 ‼️ Shu bois qaysidir hududda sozlash ishlari tufayli iste'molchilar tarmoqdan uzilishi haqidagi asossiz xabarlarga e'tibor bermasligingizni so‘raymiz!

 

  ‖ Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>