Yangiliklar
5-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
  • 18.02.2022
  • 345

2022-yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e'lon qilindi.

❓ Jamiyatimizda ayollarning o‘rni qanday? Energetika sohasida, xususan elektr energetika tarmog‘ida mehnat qilayotgan minglab ayollarning kasbiy faoliyatida-chi, qanday yangilik va o‘zgarishlar bor? Ularga munosib mehnat va turmush sharoitlari yaratilganmi?

Shu va shu kabi savollarga javob topish maqsadida Axborot xizmati hududiy-tarkibiy magistral elektr tarmoqlari filiallariga tashrif buyurib, «Sohamiz ayollarga alohida ehtirom» rukni ostida turkum filmlar namoyish etmoqda.

⚡️  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusi bilan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bayram dasturi tayyorlanmoqda. Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan turkum filmlar bayram tadbirini tashkil etishda foydalaniladi.

Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z tasarrufiga 22 ta boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalarini birlashtirgan bo‘lib, jami 4663 nafar kasaba uyushma a'zolari bor. Ularning 948 nafari xotin-qizlar va 1095 nafari yoshlardan iborat.

❗️ «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan e'lon qilinadigan filmlarni kuzatib boring!

✔️ 1-film —  «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali

✔️ 2-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali  

✔️ 3-film —  «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali

✔️ 4-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «Nurafshon» sanatoriyasi

 

© «INFOgrafika» studiyasi mahsuloti

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>