Yangiliklar
Energetika vazirligidagi mavjud vakant lavozimlariga qabul jarayonlari ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshirilmoqda
  • 18.02.2022
  • 429

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-oktyabridagi PF-5843-son Farmoniga muvofiq 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Agentlik) tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalaridan biri etib eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkil etish belgilangan.

Agentlik hamda Energetika vazirligi o‘rtasida 2021-yilda kelishuv imzolangan bo‘lib, unga asosan vazirlikdagi mavjud vakant lavozimlariga qabullar ochiq mustaqil tanlov asosida o‘tkazilishi belgilangan.

Shunga asosan, Energetika vazirligidagi mavjud vakant lavozimlarga tanlovlar Agentlikning https://vacancy.argos.uz sayti va @vacancy_argos rasmiy telegram kanali orqali e'lon qilib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://t.me/minenergy_uz/4645

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>