Yangiliklar
Joriy yilda yurtimizda umumiy quvvati 1 474 MVt bo‘lgan issiqlik va quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi
  • 16.02.2022
  • 406

Joriy yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 1 474 MVt bo‘lgan 7 ta yangi elektr stansiya, shundan 6 ta issiqlik (IES) va 1 ta quyosh fotoelektr stansiyalari (FES) ishga tushiriladi.

Xususan, yanvar oyida Buxoro viloyatida 270 MVt va Toshkent viloyatida 240 MVt bo‘lgan 2 ta yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi.

Shuningdek, aprel oyiga qadar Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Toshkent viloyatida 230 va 240 MVt quvvatli 2 ta va Xorazm viloyatida 174 MV quvvatli 1 ta issiqlik elektr stansiyalari mart oyida, Sirdaryo viloyatida 220 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.

Buning natijasida O‘zbekiston energetika tizimining amaldagi umumiy quvvati 16 000 MVtdan oshadi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://t.me/minenergy_uz/4628

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>