Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Oqrobot hududida elektr energiyasi bugun 12 soatdan beri yo‘q!»
  • 07.02.2022
  • 380

Murojaat egasi: Daminov Shoafzal Alisherovich

Elektron pochta: shoafzald@gmail.com

Murojaat mazmuni: «…Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Oqrobot hududida elektr energiyasi bugun 12 soatdan beri yo‘q! Shunga shikoyat qilmoqchi edim... Shu masalada yordam bersangizlar...»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8732

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

 ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

 het.uz – rasmiy veb-sayti

 Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

 Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

 Call centre: 1154

Asosiy ma'lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida, o‘rnatilgan releli himoya va avtomatika rejimi ishlashi tufayli, elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy texnik-muhandislik jarayoni hisoblanadi. Past kuchlanishli tarmoqlar yoki transformator punktlaridagi rejali ta'mirlash-sozlash ishlari olib borilsa, iste'molchilar bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy bo‘linmalari tomonidan ogohlantiriladi. Turli omillar ta'sirida elektr ta'minotida sodir bo‘lgan nosozliklarni (favqulodda o‘chishlarni) oldindan aytish va bu haqda iste'molchilarni ogohlantirishning imkoni mavjud emas.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Murojaatchiga hamda boshqa iste'molchilarga uzbekistonmet.uz veb-saytida e'lon qilingan mavzuga oid maqolalar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz:

✔️ MILLIY DISPETCHERLIK MARKAZI: Energotizimda yirik avariyalarning oldini olish uchun qo‘llanilayotgan choralarning ahamiyati

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/1610

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1611

✔️ DISPETCHER ELEKTR TA'MINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI? yoxud tizimidagi yirik avariyalarning asosiy sabablari

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/177

✔️ CHEKLOVLAR O‘RNATILISHIGA MAJBUR BO‘LINMOQDA! Yoxud bugungi kun energiya tejamkorligi madaniyati qay ahvolda?

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/150

 

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>