Yangiliklar
O‘zbekiston magistral elektr tarmoqlari tizimi yanada rivojlantiriladi
  • 09.02.2022
  • 380

Prezidentimizning 2022-yil 3-fevralda “Jahon banki ishtirokida “Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” loyihasini amalga oshirish hamda respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113-son qarori qabul qilindi.

Hujjat respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish, uning ishonchliligi va xavfsizligini oshirish, tizimli avariyalarning oldini olish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash maqsadida qabul qilindi.

Qaror bilan “Dispetcherlik boshqaruvi va ma'lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) joriy qilish” va “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya
va rekonstruksiya qilish (II faza)” investitsiya loyihalarining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan va mablag‘lar iqtisod qilinishi kutilayotgan xalqaro moliya institutlarining kreditlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Shuningdek, elektr uskunalarda dispetcherlik boshqaruvini tezkorligini ta'minlash maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalar va “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufida bo‘lgan 110-500 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufiga balans qiymati bo‘yicha shtat birliklari bilan birga o‘tkaziladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/1812

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>