Yangiliklar
1-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «ANDIJON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
  • 08.02.2022
  • 439

2022-yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e'lon qilindi.

Jamiyat taraqqiyoti, eng avvalo, ayollar va bolalarga yaratilgan sharoit hamda hurmat-ehtiromda namoyon bo‘ladi, degan edi sharq mutafakkirlaridan biri o‘z bitiklarida.

✔️ Haq gap. Ayollar e'zoz topgan jamiyatda bolalar — kelajak avlod erkin ulg‘ayadi. Erkin avlod ulg‘aygan jamiyatda inson qadr topadi, taraqqiyot bo‘ladi.

❓ Xo‘sh, jamiyatimizda ayollarning o‘rni qanday? Energetika sohasida, xususan elektr energetika tarmog‘ida mehnat qilayotgan minglab ayollarning kasbiy faoliyatida-chi, qanday yangilik va o‘zgarishlar bor? Ularga munosib mehnat va turmush sharoitlari yaratilganmi?

Shu va shu kabi savollarga javob topish maqsadida Axborot xizmati hududiy-tarkibiy magistral elektr tarmoqlari filiallariga tashrif buyurib, “Sohamiz ayollarga alohida ehtirom» rukni ostida turkum filmlar namoyish etadi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusi bilan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bayram dasturi tayyorlanmoqda. Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan ushbu turkum filmlar bayram tadbirini tashkil etishda foydalaniladi.

«Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan e'lon qilinadigan filmlarni kuzatib boring!

 

Veb-sahifa ‖  Telegram ‖  FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>