Yangiliklar
Quyosh fotoelektr stansiyalari qurish uchun tender hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e'lon qilindi
  • 03.02.2022
  • 375

“Sirdaryo IES” AJda quvvati 1200-1500 kVt va “Farg‘ona IEM” AJda  quvvati 1800-2000 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyiha ishlari olib borilmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Texnik boshqarma boshlig‘i Oybek Zohidovning ta'kidlashicha, tizimda energiya samaradorlikka erishish, yoqilg‘i-energiya resurslarini tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish orqali mahsulot tannarxini yanada pasaytirishga erishish loyihalardan ko‘zlangan asosiy maqsad hisoblanadi.

Loyihada tender hujjatlarini ishlab chiqib, tayyor holda (рус.“под ключ”) amalga oshirishda ishtirok etishni istovchilar uchun “Sirdaryo IES” AJda sdtes.uz va “Farg‘ona IEM” AJda fiem.uz rasmiy veb-saytlarida e'lonlar berildi.

Loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqchi bo‘lgan tomonlarni tanlovlarda ishtirok etishga taklif etamiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

▶️@prminenergy

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/4571

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>