Yangiliklar
Taraqqiyot strategiyasi: 2022-2026-yillarda 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlarining elektr ta'minoti yaxshilanadi
  • 02.02.2022
  • 336

Taraqqiyot strategiyasi:

2022-2026- yillarda 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlarining elektr ta'minoti yaxshilanadi.

So‘nggi 5 yilda mamlakatimizda barcha sohalar kabi energetika sohasida ham ulkan ishlar amalga oshirildi.

Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq ushbu sohani kelgusida yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida respublika hududlarida qariyb 80 ming kilometr magistral va taqsimlovchi elektr uzatish tarmoqlari, 20 mingdan ortiq transformator punktlari hamda 200 dan ziyod podstansiyalar quriladi va yangilanadi.

Buning natijasida respublika bo‘yicha 8 300 dan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlarining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilandi.

Eslatib o‘tamiz: 2017-2021-yillarda uzunligi 902 km magistral va 40 600 km taqsimlovchi elektr uzatish tarmoqlari hamda 12 900 ta transformator punktlari modernizatsiya qilingan.

Buning natijasida respublika bo‘yicha 7,3 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilandi.


O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

▶️@prminenergy

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/4567

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>