Yangiliklar
2026-yilda: jami generatsiya quvvatlari 27,4 ming megavattga, yillik ishlab chiqarish hajmi 110 milliard kilovatt•soatga yetkaziladi
  • 31.01.2022
  • 345

  Avval xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni elektr energiyasi sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi:

  Loyihalar taqdimotida Prezidentimiz yagona energetika tizimi 220–500 kilovoltli magistral elektr tarmoqlar orqali to‘liq halqalashtirilmagani, Shimoli-G‘arbiy va Janubi-G‘arbiy energouzelning asosiy qismida 500 kilovoltli tarmoqlar yo‘qligi, ba'zi magistral tarmoqlar qo‘shni davlatlar hududi orqali o‘tgani aytib o‘tdi.

  Shu bois, mamlakatimizda 500–750 kilovoltli tarmoqlarni qurish orqali yagona halqa tizimini hosil qilish rejalashtirilgan. Xususan, 2026-yilga borib, jami generatsiya quvvatlarini 27,4 ming MVt, yillik ishlab chiqarish hajmini 110 mlrd kVt•soatga yetkazish mo‘ljallangan. Shunda yurtimizning barcha hududlari 500–750 kilovoltli tarmoqlar orqali mustahkam bog‘lanadi va bir butun tizim yaratiladi.

 

  ‖ Veb-sahifa ‖  Telegram ‖  FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>