Yangiliklar
24 soat ichida: Markaziy Osiyo elektr ta'minoti umumtizimida sodir bo‘lgan yirik nosozlik va uning bartaraf etilishi jarayonlari xronologiyasi
  • 25.01.2022
  • 1850

25.01.2022 sanasi, soat 11:20 — Energetika vazirligi Matbuot xizmati tomonidan Respublikamiz elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida dastlabki xabar e'lon qilindi:

Bugun, 25-yanvar kuni soat 11:00 da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tiklash ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

25.01.2022 sanasi, soat 12:01 — Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekiston elektr tarmog‘ida sodir bo‘lgan avariyaning salbiy oqibatlariga izoh berildi:

Bugun soat 10:57 da Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida elektr energiya ta'minotida o‘chishlar yuzaga keldi.

Yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekiston elektr tarmog‘i bu avariyaning salbiy ta'siri natijasida Toshkent IESi, Sirdaryo IESida avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda o‘chishiga olib kelgan. Bu holat o‘z o‘rnida Talimarjon va To‘raqo‘rg‘on IESlarining o‘chishiga ham olib kelgan.

Natijada Farg‘ona va Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi o‘chdi.

Hozirgi vaqtda qo‘shni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir IESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma-bosqich tarmoqlarni ulab, ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.

Avariya tavsilotlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.

25.01.2022 sanasi, soat 13:05 — Energetika vazirligi Matbuot xizmati tomonidan mamlakatimizdagi elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilayotgani to‘g‘risida axborot e'lon qilindi:

Elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Hududlarda elektr ta'minoti tiklanmoqda

Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlandi.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta'minoti tiklanmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berib boriladi.

25.01.2022 sanasi, soat 13:22 iste'molchilar xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi lozimligi eslatib o‘tildi:

Hurmatli iste'molchilar!

Xabar berganimizdek, hududlar bo‘ylab elektr energiyasi ta'minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

Shu munosabat bilan tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida gaz hamda elektr jixozlarini nazorat qilishingiz hamda tarmoqdan vaqtincha uzib qo‘yishingiz tavsiya etiladi.

25.01.2022 sanasi, soat 13:35 — «O‘zbekiston milliy lektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati tomonidan iste'molchilar xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi lozimligi eslatib o‘tildi:

Elektr ta'minotidagi yirik nosozliklar (https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1658) bosqichma-bosqich bartaraf etilib, yuqori  va past kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarga kuchlanish berilmoqda

Elektr ta'minoti tiklanish jarayonida tarmoqdagi kuchlanish va elektr chastotasi vaqtincha belgilangan me'yorlardan birmuncha farq qilishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda, barcha iste'molchilardan tarmoqqa ulangan elektr jihozlarini tarmoqdan uzib qo‘yishni tavsiya etamiz.

Shuningdek, elektr ta'minoti to‘liq tiklangunga qadar elektr nasoslari va kompressorlari ish rejimi bilan chambarchas bog‘lik tabiiy gaz va ichimlik suvi ta'minoti murvatlarini ham nazoratdan o‘tkazib qo‘yish joiz.

Tarmoqqa kuchlanish berilgani yoritish asboblari orqali ma'lum bo‘lgach, elektr uskuna va jihozlarni tarmoqqa ulab, foydalanish mumkin bo‘ladi.

Keltirilgan nosozliklar uchun uzr so‘raymiz.

25.01.2022 sanasi, soat 14:04 — ijtimoiy tarmoqlarda  tarqalgan ayrim feyk xabarlar e'lon qilinayotganiga raddiya munosabati berildi:

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda 3 kun elektr energiyasi bo‘lmaydi” sarlavhali asossiz va feyk xabar e'lon qilinmoqda.

Ushbu xabar mutlaqo asossiz bo‘lib, hozirgi vaqtda respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta'minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berib boriladi.

25.01.2022 sanasi, soat 15:53 — ijtimoiy tarmoqlarda  tarqalgan ayrim feyk xabarlar e'lon qilinayotganiga raddiya munosabati berildi:

Hurmatli iste'molchilar!

Avval xabar berganimizdek, bugun, soat 10:57 da Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida mamlakatimiz hududlarida elektr energiya ta'minotida o‘chishlar yuzaga keldi.

Prezidentimiz topshiriqlariga binoan elektr energiyasi ta'minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Bosh vazir huzurida hukumat komissiya tuzildi. Komissiya tomonidan birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash hamda yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berish orqali iste'molchilarning elektr ta'minotini tiklash vazifasi qo‘yildi.  

Hukumat komissiyasi soha vakillariga sodir bo‘lgan nosozliklar takrorlanmasligi, sabablarini aniqlash, elektr ta'minotining barqarorligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda zudlik bilan amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yukladi.

Eslatib o‘tamiz, yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekiston elektr tarmog‘i bu avariyaning salbiy ta'siri natijasida Toshkent va Sirdaryo issiqlik elektr stansiyalarida avariyaga qarshi himoya tizimi ishlab ketib, ikkala stansiyaning ham avtomatik ravishda o‘chishiga olib kelgan. Bu holat o‘z o‘rnida Talimarjon va To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyalarining ish faoliyatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatgan.

Natijada Farg‘ona va Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar qayd etildi.

Hurmatli iste'molchilar, shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston elektr ta'minoti tizimi Markaziy Osiyo elektr energetika tizimi bilan parallel ravishda ishlaydi. Umumtizimning ma'lum bir hududida kuzatilgan nosozliklar boshqa hududlarni avariyadan saqlab qolishi, yoki aksincha, uning barqaror ishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Avariyaga qarshi releli himoya va avtomatika tizimi energotizim barqarorligi uchun amalga oshiriladigan texnik-muhandislik holati bo‘lib, u tizimda turli nosozlik hamda yong‘inlar chiqishining oldini oladi.

Hozirgi vaqtda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlandi.
 
Ayni paytda respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta'minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

Nosozliklar bartaraf etilayotgani haqida qo‘shimcha ravishda axborot berib boriladi.

25.01.2022 sanasi, soat 16:58 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta'minoti to‘liq tiklangani ma'lum qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta'minoti to‘liq tiklandi

Shuningdek, Toshkent shahar, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasi ta'minoti qisman tiklandi.

Ayni paytda respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta'minoti bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berib boriladi.

25.01.2022 sanasi, soat 18:26 — Toshkent issiqlik elektr stansiyasi o‘z ish faoliyatini to‘liq tiklangani ma'lum qilindi

“Toshkent IES” AJ o‘z ish faoliyatini tizimli tiklamoqda

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent IES” AJda energoblok davleniyasi ko‘tarilib yonmoqda mazmunidagi yolg‘on xabar tarqatilmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ushbu holat yuzasidan shuni ma'lum qiladiki, energoblok avtomatik ravishda himoya tizimini ishga tushushi natijasida o‘chganda, energoblok ishlash davrida ishlab chiqarilgan bug‘lar, qozon qurilmalarini himoya qilish maqsadida havoga chiqariladi. Bu tizimda normal texnologik jarayon hisoblanadi.

Ayni paytda, “Toshkent IES” AJda elektr energiyasini ishlab chiqarish va energobloklarni yagona tizimga ulash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

25.01.2022 sanasi, soat 18:54 — Toshkent issiqlik elektr stansiyasining energobloklari tizimga kuchlanish berayotgani ma'lum qilindi

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblokidan 5 tasi barqaror faoliyat yuritishni boshladi

Mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan Poytaxtimiz va uning atrofida elektr ta'minoti bosqichma-bosqich tiklanib, elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali iste'molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.  

Misol uchun, elektr ta'minotida yirik nosozlik kuzatilgunga qadar Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblogi ishlab turgan edi. Ayni paytda esa sozlash-tiklash ishlari olib borilib, ularning 5 tasi barqaror ish faoliyatiga keltirildi.

25.01.2022 sanasi, soat 19:11 — iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatilganini ma'lum qilindi

Hurmatli iste'molchilar!

“Xududgazta'minot” AJ iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatilganini ma'lum qiladi.

Honadoningizdagi hisoblagich o‘chirilgan bo‘lsa, avvalo asosiy kiruvchi va uy ichidagi barcha gaz jihozlarni o‘chiring, so‘ngra markaziy ko‘k ENTER tugmasini uch marta bosing va 6 daqiqa kuting.

Gaz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda, siz gaz ta'minoti tashkilotining 104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

25.01.2022 sanasi, soat 20:26 — elektr ta'minotidagi nosozlik sabab yuzaga kelgan vaziyatning soat 19:30 dagi holati bayon qilindi

Respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta'minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot

(2022-yil 25-yanvar, soat 19:30 holatiga)

1. Qorakalpog‘iston Respublikasi — elektr ta'minoti to‘liq  tiklangan;

2. Andijon viloyati — Andijon shahar 35%, Xonabod 100%, mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta'minotiga ulangan;

3. Buxoro viloyati — Olot, Qorako‘l, Qorovulbozor va Peshku tumanlarida to‘liq, Vobkent tumanida 20%, Romitan tumanida esa 40 % elektr ta'minoti tiklandi;

4. Jizzax viloyati — hozircha viloyatning 10–15 foizi elektr ta'minoti bilan ta'minlandi;

5. Qashqadaryo viloyati — to‘liq elektr ta'minotidan uzilgan, tiklash-sozlash ishlari olib borilmoqda;

6. Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 60%, Karmana tumanida 55%, Navbahor tumanida 40%, Konimex tumanida 35% va Nurota tumanida 70% iste'molchilarda elektr ta'minoti tiklandi;

7. Namangan viloyati — hozircha qisman tibbiyot muassasalari hamda suv ta'minoti korxonalari elektr ta'minotiga ulangan;

8. Samarqand viloyati — Samarqand shahrida 45%, Samarkand tumani 15%, Paxtachi tumanida 100%, Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahri 8%, Narpay va Pastdarg‘om tumani 30% elektr ta'minoti mavjud;

9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100% elektr ta'minoti mavjud. Oltinsoyda 70%  iste'molchilar tarmoqqa ulandi;

10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 60%, Yangier 60%, Shirin shahri 100%, Boyovut 30%, Sayxunobod tumani 20%, Guliston tumani 20%, Mirzaobod tumani 10%, Xovos tumani 50% elektr tarmog‘iga ulandi;

11. Toshkent viloyati — Olmaliq shahar 70%, Angren shahar 50%, Chirchiq 70%, Ohangaron shahar 100 %, Bo‘ka tumani 40 %, Bo‘stonlik 90%, Qibray 70%, Ohangaron tumani 80%, Parkent 100%, Toshkent tumani 60%, Yuqori Chirchiq tumani 60% iste'molchilar tarmoqqa ulandi;

12. Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahri 50%, Qo‘qon shahri 5%, Uchko‘prik tumani 40%, O‘zbekiston tumani 20%, Farg‘ona tumani 10%, Dang‘ara tumani 40%, So‘h tumani 100%, qolgan hududlarda asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta'minotiga ulangan;

13. Xorazm viloyati — elektr ta'minoti to‘liq  tiklangan;

14. Toshkent shahri — Mirzo Ulug‘bek 100%, Yunusobod 50%, Shayxontohur 10%, Olmazor 20%, Yakkasaroy 10%, Yashnobod 50%, Mirobod 40% va Sirg‘ali tumanida 10% iste'molchilar tarmoqqa ulandi.

25.01.2022 sanasi, soat 21:57 — elektr ta'minotidagi nosozlik sabab yuzaga kelgan vaziyatning soat 21:50 dagi holati bayon qilindi

Soat 21:50 holatiga respublikamizda elektr energiyasi ta'minoti 45% ga tiklandi

Hozirgi paytda mavjud issiqlik elektr stansiyalarining energobloklari bosqichma-bosqich ishga tushirilishi davom ettirilmoqda.

25.01.2022 sanasi, soat 22:47 — elektr ta'minotidagi nosozlik sabab yuzaga kelgan vaziyatning soat 22:30 dagi holati bayon qilindi

Respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta'minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot

(2022-yil 25-yanvar, soat 22:30 holatiga)

1. Qorakalpog‘iston Respublikasi — elektr ta'minoti to‘liq tiklangan;

2. Andijon viloyati — Andijon shahar 30%, Xonabod 100%, mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta'minotiga ulangan;

3. Buxoro viloyati — Qorako‘l va Qorovul bozor tumanlari 100% elektr energiyasi mavjud;

4. Jizzax viloyati — Barcha tumanlarda 50% aholi iste'molchilari elektr energiyasi bilan ta'minlangan;

5. Kashqadaryo viloyati —  to‘liq elektr ta'minotidan uzilgan, tiklash-sozlash ishlari olib borilmoqda;

6. Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 100%, G‘azg‘on shahrida 100%, Karmana tumanida 100%, Navbaxor tumanida 100%, Konimex tumanida 100%, Zarafshon shahrida 100%, Uchquduq tumanida 100%, Nurota tumanida 100% va Xatirchi tumanida 90% mavjud;

7. Namangan viloyati — Asosiy tibbiyot muassasalari va suv ta'minoti, Ichki ishlar, hokimiyat elektr ta'minotiga ulangan;

8. Samarqand viloyati — Samarqand shahrida 95%, Samarqand tumani 50%, Paxtachi tumanida 100%, Kattaqo‘rg‘on tumani 10%, Kattaqo‘rg‘on shahri 100%, Narpay tumani 80%, Nurobod tumani 80%, Pastdarg‘om tumani 30 %, Bulung‘ur tumanida 100%, Jomboy tumanida 100%, Toyloq tumanida 100%, Qo‘shrabot tumanida 50%, Ishtixon tumanida 50% elektr mavjud;

9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100% elektr ta'minoti mavjud, Oltinsoyda 70% elektr mavjud;

10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 60%, Yangier 60%, Shirin shahri 100%, Boyovut 20%, Sayxunobod tumani 20 %, Guliston tumani 20%, Mirzaobod tumani 10%, Xovos tumani 30% elektr mavjud;

11. Toshkent viloyati —  Angren shahar 70%, Bekobod shahar 60 %, Olmaliq shahar 90%, Chirchiq 60%, Ohangaron shahar 100 %,  Bo‘ka tumani 40%, Bo‘stonlik tumani 75%, Zangiota tumani 15 %, Qibray tumani 70%, Ohangaron tumani 80%, Parkent tumani 80%, Toshkent tumani 80%, O‘rta Chirchiq 20%, Yuqori Chirchiq tumani 60% iste'molchilar tarmoqqa ulandi;

12. Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahar 17%, Marg‘ilon 10% Quvasoy tamani 10%, Qo‘qon shahri 40%, Buvayda tumani 10%, O‘zbekiston tumani 15%, Farg‘ona tumani 10%, Dang‘ara tumani 15%, So‘h tumani 100%, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta'minotiga ulangan;

13. Xorazm viloyati — elektr ta'minoti to‘liq tiklangan;

14. Toshkent shahri  — Mirzo Ulug‘bek 100%, Yunusobod 50%, Shayxontohur 10%, Olmazor 20%, Yakkasaroy 20%, Chilonzor 10%, Yashnobod 50%, Mirobod 50%, Sergeli 30%, Yangihayot 20%, Bektemir 50%da elektr ta'minoti mavjud.

25.01.2022 sanasi, soat 23:09 — iste'molchilar energiya qurilmalaridan oqilona foydalanishga chaqirildi

Hurmatli Vatandoshlar, Toshkent shahri aholisi

Energetiklar tomonidan amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar munosabati bilan sizdan energiya qurilmalaridan oqilona foydalanishingizni va xonadoningizda ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘raymiz.

Bu sa'y-harakatlar ko‘proq iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlashga yordam beradi.

Vaziyatni to‘g‘ri baholaganingiz uchun rahmat.

25.01.2022 sanasi, soat 23:58 — elektr ta'minoti to‘liq o‘chgan Qashqadaryo viloyatidagi tiklash ishlari to‘g‘risida axborot berildi

Qashqadaryo viloyatida ham elektr energiyasi ta'minoti tiklanmoqda

Qarshi shahar – 5 foiz, G‘uzor tumani – 70 foiz va Muborak tumanidagi gazni qayta ishlash zavodlarida elektr energiyasi ta'minoti tiklandi.

26.01.2022 sanasi, soat 00:30 — elektr ta'minotidagi nosozlik sabab yuzaga kelgan vaziyatning soat 00:00 dagi holati bayon qilindi

Respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta'minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot

(2022-yil 26-yanvar, soat 00:00 holatiga)

1. Qorakalpog‘iston Respublikasi — elektr ta'minoti to‘liq mavjud;

2. Andijon viloyati — Andijon shahar 30%, Xonabod 100% mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta'minotiga ulangan;

3. Buxoro viloyati — Qorako‘l 100%, Qoravulbozor 100%, Buxoro shahar 10% elektr energiyasi mavjud;

4. Jizzax viloyati — Barcha tumanlarda 70% aholi iste'molchilari elektr energiyasi bilan ta'minlangan;

5. Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 5%, G‘uzor tumani 70% ulangan. Muborak tumanidagi gazni qayta ishlash zavodlarida elektr energiyasi ta'minoti tiklandi;

6. Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 100%, G‘azg‘on shahrida 100%, Karmana tumanida 100%, Navbaxor tumanida 100%, Konimex tumanida 100%, Zarafshon shahrida 100%, Uchquduq tumanida 100%, Nurota tumanida 100%, Tomdi tumani 100% va Xatirchi tumanida 90% elektr mavjud;

7. Namangan viloyati — Namangan shahar 8%, Pop tumani 2% elektr mavjud;

8. Samarqand viloyati — Samarqand shahrida 95%, Samarqand tumani 65%, Paxtachi tumanida 100%, Kattaqo‘rg‘on tumani 70%, Kattaqo‘rg‘on shahri 100%, Narpay tumani 95%, Nurobod tumani 95%, Pastdarg‘om tumani 30 %, Bulung‘ur tumanida 100%, Jomboy tumanida 100%, Toyloq tumanida 100%, Qo‘shrabot tumanida 50%, Ishtixon tumanida 50% Urgut tumani 70% elektr mavjud;

9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100%, Oltinsoyda 70% elektr mavjud;

10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 60%, Yangier 60%, Shirin shahri 100%, Boyovut 21%, Sayxunobod tumani 20%, Guliston tumani 19%, Mirzaobod tumani 10%, Xovos tumani 30% elektr mavjud;

11. Toshkent viloyati — Angren shahar 95%, Bekobod shahar 100%, Narafshon shahar 40%, Olmaliq shahar 100%, Chirchiq 80%, Ohangaron shahar 100%, Bo‘ka tumani 40%, Bo‘stonlik tumani 80%, Zangiota tumani 25%, Qibray tumani 95%, Ohangaron tumani 80%, Parkent tumani 80%, Toshkent tumani 80%, O‘rta Chirchiq 20%, Yuqori Chirchiq tumani 60%, Yangiyo‘l tuman 5% elektr ta'minotiga ulangan;

12. Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahar 35%, Qo‘qon shahri 45%, Marg‘ilon shahar 10%, Kirgili shahri 10%, Quvasoy shahar 5%, Oltiariq tumani 5%, Qo‘shtepa tumani 25%, Bag‘dod tumani 10%, Buvayda tumani 15%, Beshariq tumani 25%, Uchko‘prik tumani 5%, Quvasoy tumani 5%, Toshloq tumani 5%, Rishton tumani 5%, O‘zbekiston tumani 17%, Farg‘ona tumani 15%, Dang‘ara tumani 30%,  Yozyovon tumani 5%, So‘x tumani 100%, Furqat tumani 50% elektr ta'minotiga ulangan;

13. Xorazm viloyati — elektr ta'minoti to‘liq mavjud;

14. Toshkent shahri — Mirzo Ulug‘bek 100%, Yunusobod 80%, Shayxontohur 50%, Olmazor 50%, Yakkasaroy 60%, Chilonzor 60%, Yashnobod 90%, Mirobod 70%, Sergeli 70%, Yangixayot 70%, Bektemir 80%, Uchtepa 50 %da elektr ta'minoti mavjud.

26.01.2022 sanasi, soat 00:49 elektr ta'minoti qisman tiklangan Surxondaryo viloyatidagi tiklash ishlari to‘g‘risida axborot berildi

Surxondaryo viloyatida ham elektr energiyasi ta'minoti tiklanmoqda

Viloyatning Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri – 100%, Oltinsoyda – 70%, Termiz shahri va tumanining ijtimoiy soha ob'ektlari hamda chegara hududlarida elektr energiyasi ta'minoti tiklandi.

26.01.2022 sanasi, soat 01:24 — neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari hamda zavodlar faoliyati tiklangani to‘g‘risida axborot berildi:

Elektr ta'minoti tiklanib, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli boshqarma va zavodlar faoliyati yurita boshladi

Muborak, Sho‘rtan, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi o‘z faoliyatini davom ettira boshladi.

26.01.2022 sanasi, soat 01:38 — Toshkent shahrining elektr ta'minoti 90 foiz tiklangani to‘g‘risida axborot berildi:

Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob'ektlarida elektr energiyasi ta'minoti 90 foiz tiklandi

26.01.2022 sanasi, soat 01:48 — Jizzax va Samarqand viloyatlarida elektr ta'minoti 100 foiz tiklangani to‘g‘risida axborot berildi:

Jizzax va Samarqand viloyatlarida elektr energiyasi ta'minoti 100 foiz tiklandi

26.01.2022 sanasi, soat 02:09 — Toshkent shahrining elektr ta'minoti 100 foiz tiklangani to‘g‘risida axborot berildi:

Toshkent shahrida elektr energiyasi ta'minoti 100 foiz tiklandi

26.01.2022 sanasi, soat 02:18 — elektr ta'minotidagi nosozlik sabab yuzaga kelgan vaziyatning soat 02:00 dagi holati bayon qilindi

Respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta'minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot

(2022-yil 26-yanvar, soat 02:00 holatiga)

1. Qorakalpog‘iston Respublikasi — elektr ta'minoti to‘liq tiklangan;

2. Andijon viloyati — Andijon shahar 30%, Xonabod 100%, Qo‘rg‘ontepa 10% mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta'minotiga ulangan;

3. Buxoro viloyati — Qorako‘l, Qorovulbozor, Olot va Peshku tumanida 100 %, Buxoro shahar va tumani 100%, Vobkent tumani 20%, Romitan tumani 100 %, Jondor tuman 100%, Kogon tuman 100% elektr ta'minoti mavjud;

4. Jizzax viloyati — elektr ta'minoti to‘liq tiklandi;

5. Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 5%, G‘uzor tumani 70% i ulangan. Muborak tumanidagi gaz konlariga va asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta'minotiga ulangan;

6. Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 100%, G‘azg‘on shahrida 100%, Karmana tumanida 100%, Navbaxor tumanida 100%, Konimex tumanida 100%, Zarafshon shahrida 100%, Uchquduq tumanida 100%, Nurota tumanida 100%, Tomdi tumani 100% va Xatirchi tumanida 100%, Qiziltepa tumani 80% elektr mavjud;

7. Namangan viloyati — Barcha tuman va shaharlarda 60% elektr ta'minoti mavjud;

8. Samarqand viloyati  — elektr ta'minoti to‘liq  tiklandi;

9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100%, Termiz shahri 100%, Termiz tuman 70%, Angor tumani 5%, Mizrobod tumani 5%, Jarqo‘rg‘on qiziriq 5%, Qiziriq tumani 5%, Sho‘rchi tumani 10%, Sherobod tumani 5%, Oltinsoy tumani 70% elektr energiyasi mavjud;

10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 100%, Yangier 100%, Shirin shahri 100%, Boyovut 60%, Sayxunobod tumani 20%, Guliston tumani 19%, Mirzaobod tumani 100%, Xovos tumani 100%, Oqoltin tumani 100%, Sardoba tumani 100% elektr energiyasi mavjud;

11. Toshkent viloyati — Angren shahar 95%, Bekobod shahar 100%, Narafshon shahar 40%, Olmaliq shahar 100%, Chirchiq 80%, Ohangaron shahar 100%, Bo‘ka tumani 40%, Bo‘stonlik tumani 80%, Zangiota tumani 25%, Qibray tumani 95%, Ohangaron tumani 80%, Parkent tumani 80%, Toshkent tumani 80%, O‘rta Chirchiq 20%, Yuqori Chirchiq tumani 60%, Yangiyo‘l tuman 5% elektr ta'minotiga ulangan;

12. Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahar 80%, Qo‘qon shahri 60%, Marg‘ilon shahar 15%, Kirgili shahri 10%, Quvasoy shahar 20%, Oltiariq tumani 15%, Qo‘shtepa tumani 25%, Bag‘dod tumani 40%, Buvayda tumani 15%, Beshariq tumani 25%, Uchko‘prik tumani 10%, Quvasoy tumani 5%, Toshloq tumani 5%, Rishton tumani 15%, O‘zbekiston tumani 25%, Farg‘ona tumani 15%, Dang‘ara tumani 30%, Yozyovon tumani 20%, So‘x tumani 100%, Furqat tumani 50% elektr ta'minotiga ulangan;

13. Xorazm viloyati — elektr ta'minoti to‘liq tiklandi;

14. Toshkent shahri — elektr ta'minoti to‘liq tiklandi.

26.01.2022 sanasi, soat 02:26 — Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida elektr energiyasi ta'minoti to‘liq tiklangani to‘g‘risida axborot berildi

Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida elektr energiyasi ta'minoti 100 foiz tiklandi

26.01.2022 sanasi, soat 03:13 — mamlakatimiz poytaxtida elektr energiyasi ta'minoti to‘liq tiklangani to‘g‘risida axborot berildi

Toshkent shahri va respublikamizning ayrim viloyatlarida elektr energiyasi ta'minoti to‘liq tiklangan.

Biroq, ayrim nosozliklar tufayli transformator punktlari, podstansiyalar va kabel tarmoqlarida muammolar paydo bo‘lishi va elektr ta'minotida uzilishi kuzatilgan holatlar bo‘lishi mumkin.

Shu sababli, ba'zi xonadonlar hali ham elektr energiyasiga ulanmagan bo‘lishi mumkin. Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun maxsus brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, yuzaga kelgan muammolar zudlik bilan bartaraf etiladi.

26.01.2022 sanasi, soat 03:58 — elektr ta'minotidagi nosozlik sabab yuzaga kelgan vaziyatning soat 03:50 dagi holati bayon qilindi

Soat 03:50 holatiga respublikamizda elektr energiyasi ta'minoti 70% ga tiklandi

Bunda, birinchi navbatda aholi iste'molchilari va ijtimoiy soha ob'ektlari elektr energiyasi bilan ta'minlandi.

Hozirgi paytda mavjud issiqlik elektr stansiyalarining energobloklari bosqichma-bosqich ishga tushirilishi davom ettirilmoqda.

26.01.2022 sanasi, soat 04:08 — Buxoro viloyatidagi elektr energiyasi ta'minoti to‘liq tiklangani e'lon qilindi

Buxoro viloyatida elektr energiyasi ta'minoti 100% tiklandi

26.01.2022 sanasi, soat 04:40 — elektr ta'minotidagi nosozlik sabab yuzaga kelgan vaziyatning soat 04:00 dagi holati bayon qilindi

Respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta'minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot

(2022-yil 26-yanvar, soat 04:00 holatiga)

1. Qorakalpog‘iston Respublikasi — elektr ta'minoti to‘liq tiklangan;

2. Andijon viloyati — Andijon shahar 70%, Xonabod 100%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 10% elektr ta'minoti mavjud.

3. Buxoro viloyati — elektr ta'minoti to‘liq tiklangan;

4. Jizzax viloyati — elektr ta'minoti to‘liq tiklangan;

5. Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 5%, G‘uzor tumani 70% ulangan. Muborak tumanidagi gaz konlariga va asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta'minotiga ulangan;

6. Navoiy viloyati — elektr ta'minoti to‘liq tiklangan;

7. Namangan viloyati — Barcha tuman va shaharlarda 70% elektr ta'minoti mavjud;

8. Samarqand viloyati — elektr ta'minoti to‘liq tiklangan;

9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100%, Termiz shahri 100%, Termiz tuman 70%, Sherobod tumani 15%, Oltinsoy tumani 70%, Sho‘rchi, Boysun, Qumqo‘rg‘on tumanlari 10%, Angor, Mizrobod, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Bandixon tumanlarida 5% elektr ta'minoti mavjud;

10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 100%, Yangier 100%, Shirin shahri 100%, Boyovut 100%, Sayxunobod tumani 60%, Guliston tumani 100%, Mirzaobod tumani 100%, Xovos tumani 100%, Oqoltin tumani 100%, Sardoba tumani 100%, Sirdaryo tumanida 40% elektr ta'minoti mavjud;

11. Toshkent viloyati — Angren shahar 95%, Bekobod shahar 100%, Narafshon shahar 40%, Olmaliq shahar 100%, Chirchiq 80%, Ohangaron shahar 100%, Bo‘ka tumani 40%, Bo‘stonlik tumani 95%, Zangiota tumani 40%, Qibray tumani 95%, Ohangaron tumani 80%, Parkent tumani 80%, Toshkent tumani 80%, Quyi Chirchiq 50%, O‘rta Chirchiq 20%, Yuqori Chirchiq tumani 60%, Chinoz 70%, Yangiyo‘l tumanida 5% elektr ta'minoti mavjud;

12. Farg‘ona viloyati — elektr ta'minoti to‘liq tiklangan;

13. Xorazm viloyati — elektr ta'minoti to‘liq tiklangan;

14. Toshkent shahri — elektr ta'minoti to‘liq tiklangan.

26.01.2022 sanasi, soat 06:09 — elektr ta'minoti tiimida yirik avariyalarning oldini olish bo‘yicha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati tomonidan 2020 yil dekabrda tayyorlangan yirik lavha qayta e'lon etildi

MILLIY DISPETCHERLIK MARKAZI: ENERGOTIZIMDA MUVOZANATNI SAQLASH — KECHIKTIRIB BO‘LMAS USTUVOR VAZIFA

26.01.2022 sanasi, soat 06:30 — gazni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilayotgani va uning oqibatlari bayon qilindi

Hurmatli iste'molchilar!

Umumtizimda kuzatilgan yirik nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, respublikamizning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatish boshlandi.

Shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda.

Shu sababli issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi kuzatilmoqda va bu elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Hozirgi vaqtda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib respublikamizning ayrim hududlarida navbatma-navbat elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

Energotizimda kuzatilgan nosozliklar sababli yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.

Hurmatli Vatandoshlar! Energetiklar tomonidan amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar va hozirgi sharoitdan kelib chiqib sizdan energiya qurilmalaridan oqilona foydalanishingizni va xonadoningizda ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘raymiz.

Bu sa'y-harakatlar ko‘proq iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlashga yordam beradi.

Vaziyatni to‘g‘ri baholab bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!

26.01.2022 sanasi, soat 09:30 — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Energetika vazirligining brifingi e'lon qilindi

Bugun, 26-yanvar kuni soat 10:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Energetika vazirligi mutasaddilari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tadi.

Brifingda respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta'minoti bilan bog‘liq holat, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari faoliyati yuzasidan batafsil ma'lumotlar taqdim etiladi.

Brifing Agentlikning rasmiy “Facebook” sahifasi, “UzReport” va O‘zbekiston24 telekanallari hamda O‘zbekiston24, Oriat dono radiokanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

26.01.2022 sanasi, soat 10:00 — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Energetika vazirligining brifingi o‘zbek va rus tillarida efirga uzatildi e'lon qilindi

#brifing

Bugundan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi

Bu haqda AOKAda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, bugun, soat 09:30 holatiga ko‘ra, respublikamizda elektr energiyasi ta'minoti 70% ga tiklangan.

Respublikamizda elektr energiyasi ta'minoti 70% ga tiklangan

Hurmatli elektr energiyasi va gaz iste'molchilari!

Xabaringiz bor, kecha, 25-yanvar kuni soat 10:57 da Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida mamlakatimiz hududlarida elektr energiya ta'minotida o‘chishlar yuzaga kelgan edi.

Shundan so‘ng, Prezidentimiz topshiriqlariga binoan elektr energiyasi ta'minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Bosh vazir huzurida hukumat komissiya tuzildi. Komissiya tomonidan birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash vazifasi qo‘yilib, sodir bo‘lgan nosozliklar sabablarini aniqlash, elektr ta'minotining barqarorligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda zudlik bilan amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yukladi.

Shundan so‘ng, umumtizimda kuzatilgan yirik nosozliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilib, respublikamizning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatilish boshlandi.

Bugun, soat 09:30 holatiga ko‘ra, respublikamizda elektr energiyasi ta'minoti 70% ga tiklangan.

Bunda, birinchi navbatda aholi iste'molchilari va ijtimoiy soha ob'eklari elektr energiyasi bilan ta'minlandi.

Shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda.

Shu sababli, issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi kuzatilmoqda va bu elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Iste'molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash maqsadida, ishlab chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq hajmda issiqlik elektr stansiyalari, ijtimoiy soha ob'ektlari va aholi iste'molchilariga yo‘naltiriladi.

Shu munosabat bilan, bugundan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi. Shu bilan birgalikda, boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yuridik iste'molchilarga ham tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Hurmatli iste'molchilar! Ushbu amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan asosiy maqsad – birinchi navbatda aholi xonadonlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta'minlash hisoblanadi.

Vaziyatni to‘g‘ri baholab, bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>