Yangiliklar
2021-yil SARHISOBI. 5-sonli: Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi — 2021-yilda 1855 MVA qo‘shimcha quvvat (110%) hamda 235,4 km magistral elektr tarmoqlari (121,97 %) foydalanishga topshirildi
  • 17.01.2022
  • 465

Ma'lumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘zining bir qator vazifalari amalga oshirish bilan birga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, obyektlarni moliyalashtirish hamda ularni amalda bajarilishi uchun yillik va istiqbolli elektr tarmoqlarining qurilish dasturlarini ham amalga oshiradi.

Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi magistral elektr tarmoqlarda olib borilayotgan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini muvofiqlashtiradi.

Shuningdek, boshqarma “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiy korxona va bo‘linmalaridan loyihaning bajarilishini nazorat qilish jarayonida pudratchi tashkilotlarning shartnoma majburiyatlarini va, zarur bo‘lganda, shartnomada nazarda tutilgan sanksiyalarni taqdim etishni talab qiladi.

Ushbu amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Energetika vazirligi topshiriq va ko‘rsatmalari hamda Shaharlararo norma qoidalari, xavfsizlik qoidalari va boshqa normativ hujjatlari asosida olib boradi.

Boshqarmaga 2019-yil 2-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan loyihalarni tarmoq ekspertizasidan o‘tkazish guvohnomasi taqdim etilgan.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6566

 

Misol uchun, Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi tomonidan 2021-yil yakuniga qadar quyidagi loyihalarga tarmoq ekspertiza xulosasi berildi:

- “Pop–Namangan–Andijon temiryo‘l liniyasini elektrifikatsiyalash” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan 220 kVli “Qizil rovot” podstansiyasidagi 110 kVli ochiq taqsimlash qurilmasini kengaytirish” loyihasi;

- “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida “Ozodlik” podstansiyasidagi 10 kVli “KRUN” qurilmasini almashtirish” loyihasi;

- “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi 220/110/10 kVli “Beruniy” podstansiyasidagi 125 MVA quvvatli “T-2” avtotransformatorini o‘rnatish” loyihasi;

- “Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi 220/35/6 kVli “Gornaya” podstansiyasini qayta qurish” loyihasi;

- “To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi” loyihasi doirasida 220 kVli “Qizil Rovot” podstansiyasini qayta qurish” loyihasi;

- “Jizzax viloyatidagi “Sirdaryo IES” AJ va “Zafarobod” podstansiyasi oralig‘ida ikkita 220 kVli havo tarmog‘i va 220/110/10 kVli “Zafarobod” podstansiyasini qurish” loyihasi;

- “Qashqadaryo viloyatidagi 500/220/110/10 kVli “G‘uzor” podstansiyasi va 220/110/10 kVli “Amir Temur” podstansiyasi oralig‘ida 220 kVli “L-Azamat-2” havo tarmog‘ini qurish” loyihasi;

- Samarqand viloyati Nurobod rayonida “100 MVt quvvatli quyosh fotoelektrostansiyasi qurilishi” (220 kVli HL “L-17-Qarshi”) loyihasi;

- “Qashqadaryo viloyatidagi 220/110/10 kVli “Amir Temur” podstansiyasida 125 MVA quvvatli T-1 avtotransformatorini o‘rnatish” loyihasi;

- Andijon viloyatida ikkita 220 kVli havo tarmog‘i (kirish-chiqish “To‘raqo‘rg‘on” IES va “Yulduz” podstansiyasi oralig‘ida) va 220/110/10 kVli podstansiyasini qurish” loyihasi;

- “Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirish” investitsiya loyihasi doirasida 220 kVli L-B-K kirish-chiqish elektr uzatish tarmog‘ini qurish” loyihasi;

- “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida “Denov” podstansiyasi modernizatsiya qilish” loyihasi (1 faza);

- Samarqand viloyatida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan “Azia metall prof” MChJ uchun 220 kVli havo tarmog‘ini qurish” loyihasi.

Bir so‘z bilan aytganda, “O‘zbekiston MET” AJ o‘z navbatida respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes subyektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ortib borayotgan qismini to‘liq qoplash maqsadida Jamiyat tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlarini jadal olib bormoqda.

 

Xususan:

2021-yilda modernizatsiya va rekonstruksiya dasturi asosida jami qo‘shimcha 1680 MVA quvvat oshirish rejalashtirilgan edi. 2021-yil yakuniga 1855 MVA quvvat rejaga nisbatan 110%ga oshirildi.

Shundan:

Toshkent viloyatida 150 MVA

“Chirchiq” PS 150 MVA;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 125 MVA

“Beruniy” PS 125 MVA;

Xorazm viloyatida 75 MVA

“Xorazm” PS 75 MVA;

Farg‘ona viloyatida 125 MVA

“O‘zgarish” PS 50 MVA;

“Farg‘ona” PS 75 MVA;

Buxoro viloyatida 128 MVA

“Quyumozor” PS 128 MVA;

Qashqadaryo viloyatida 125 MVA

“Amir-Temur” PS 125 MVA;

Navoiy viloyatida 243 MVA

“Gornaya” PS 43 MVA;

“Ximiya” PS 200 MVA;

Samarqand viloyatida 359 MVA

“Kattaqo‘rg‘on” PS 150 MVA;

“Samarqand” PS 209 MVA.

Namangan viloyatida 200 MVA

“Qizil Ravot” PS 200 MVA;

Andijon viloyatida 200 MVA

“Xakan” PS 200 MVA;

Jizzax viloyatida 125 MVA

“DNS-2” PS 125 MVAli.

 

https://telegra.ph/uzbekistonmetuz-07-13-3

 

 

Bundan tashqari, 2021-yilda 193 km 220 va 500 kVli magistral elektr tarmoqlarini qurish rejalashtirilgan edi. 2022-yil 1-yanvar holatiga jami uzunligi 235,4 km 110 kVli, 220 kVli va 500 kVli magistral elektr tarmoqlari qurildi. Bu esa rejaga nisbatan  121,97 %ni tashkil qiladi:

- O‘zbekiston Respublikasidagi “500 kVli G‘uzor–Regar (L-507) uzunligi 64 km bo‘lgan elektr uzatish liniyasini tiklash” investitsiya loyihasi;

- Uzunligi 58 km bo‘lgan “220 kVli “G‘uzor” PS – “Amir-Temur” PS elektr uzatish liniyasini qurilishi" loyihasi;

- “Navoiy IES va “Ximiya” PS oralig‘ida uzunligi 27 km bo‘lgan 220 kVli elektr uzatish liniyasini qurish” loyihasi;

- “Pop-Namangan-Andijon” elektrlashtirilgan temir yul liniyasining tashqi obyektlarini elektr ta'minoti bilan ta'minlashda tayanch nimstansiyasini qurish” loyihasi doirasida uzunligi 24 km bo‘lgan “220 kVli “Rauston” TPSni tashqi elektr ta'minotiga ulash uchun “Obi-Hayot” va “Sardor” podstansiyasiga kirish-chikish bo‘lgan L-S-O havo tarmog‘ini qurish” va uzunligi 36,6 km (qo‘sh zanjirli) 110 kVli “Xaqqulobod” liniyasini qurish” loyihalari;

- “Buxoro viloyatida “Aksa Enerji Üretim A.Ş” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi uchun uzunligi 14 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishli havo tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasi;

- Samarqand Sitidan o‘tuvchi uzunligi 3,8 km bo‘lgan “220 kVli Cho‘ponota–So‘g‘diyona havo tarmog‘ini ko‘chirish” loyihasi;

- “Samarqand–Buxoro temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish va tezyurar passajir poezdi harakatini tashkilashtirish” investitsiya loyihasi doirasida uzunligi 5 km bo‘lgan “Navoiy NS” PSga L-17-B-1 220 kV havo tarmog‘i qurish” loyihasi;

- “Samarqand viloyati Nurobod tumani Tutli aholi yashash punkti hududida qurilayotgan 100 MVt fotoelektr stansiyasi” investitsiya loyihasi doirasida “Navoiy IESdan chiquvchi “L-17-Qarshi” 220 kV havo tarmog‘idan quyosh fotoelektr stansiyasiga 3 km kirish-chiqish havo tarmog‘ini qurish” loyihasi.

 

 

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida 2021-yil 5-yanvarda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi tomonidan 5-sonli buyruq imzolandi. Qarorga asosan 2021-yil umumiy qiymati 71,45 mln AQSh dollar 10 ta loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Shundan:

Soha mablag‘lari hisobidan – 18,5 mln AQSh dollari;

Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 52,95 mln AQSh dollari.

2021-yil yakuniga ko‘ra barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 97,69 mln AQSh dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, rejaga nisbatan mazkur ko‘rsatkich 136,72 %ga bajarildi. Jumladan:

- Soha mablag‘lari hisobidan – 43,89 mln AQSh dollari;

- Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 53,021 mln AQSh dollari.

Shuningdek, 2021-yilda umumiy qiymati 893,65 mlrd so‘mlik investitsiya loyihalari yakunlanib ekspluatatsiyaga topshirildi.

Jumladan:

- “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi – 83,74 mlrd so‘m;

- Samarqand viloyati Nurobod tumanida “100 MVt quvvatli quyosh fotoelektrostansiyasi qurilishi” loyihasi – 14,27 mlrd so‘m;

- “Janubiy-G‘arbiy magistral elektr tarmoqlarining eskirgan jihozlarini almashtirish va modernizatsiyalashtirish” loyihasi – 79,59 mlrd so‘m;

- “O‘zbekiston Respublikasining hududida joylashgan 500 kV “G‘uzor–Regar” (L-507) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini tiklash” investitsiya loyihasi – 175,81 mlrd so‘m;

- “Pop–Qo‘qon–Andijon elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasining tashqi obyektlarini elektr ta'minoti bilan ta'minlashda tayanch nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi – 2,74 mlrd so‘m;

- “Pop–Namangan–Andijon elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasining tashqi obyektlarini elektr ta'minoti bilan ta'minlashda tayanch nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi – 80,53 mlrd so‘m;

- “500 kV Surxon–Puli-Xumri (Xo‘ja-Alvon) elektr tarmog‘ini qurish loyihasi doirasida 500 kVli "Surxon" podstansiyasidagi OTQni kengaytirish” investitsiya loyihasi – 42,19 mlrd so‘m;

- “220 kV “Beruniy” PSda 125 MVA quvvatli AT-2-200 ikkinchi avtotransformatorni o‘rnatish va qurilish” investitsiya loyihasi – 8,51 mlrd so‘m;

- “220/110/10 kVli “Saribozor” PSda 110 kVli OTQni kengaytirish hamda 2 dona 110 kV Karaman–1 va Karaman–2 tarmoq yacheykalarini yangidan o‘rnatish” investitsiya loyihasi – 7,3 mlrd so‘m;

- “220 kV Taxiatosh IES – Xorazm PS – Sarimoy aholi yashash joyi (Xorazm viloyati) oralig‘ida elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasi – 266,79 mlrd so‘m;

- “220 kV “Amir Temur” nimstansiyasini “G‘uzor” nimstansiyasidan 220 kV havo liniyasi bilan qurish” investitsiya loyihasi – 72,57 mlrd so‘m;

- “Uchqun” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi qurilishi loyihasi – 14,04 mlrd so‘m;

- “Navoiy IES” va “Ximiya” PS oralig‘ida 220 kVli havo tarmog‘ini qurish” loyihasi – 36,5 mlrd so‘m;

“NGMK balansidan o‘tkazilgan podstansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” (“Gornaya” PS) loyihasi – 7,66 mlrd so‘m;

-“220 kV “Xakan” PSda 200 MVA quvvatli avtotransformatorni o‘rnatish va qurish” investitsiya loyihasi – 1,44 mlrd so‘m.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-martdagi “Toshkent shahridagi davlat mulki obyektlariga investitsiyalarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 146-sonli qaroriga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun Toshkent shahri Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy manzilida yetti qavatli ma'muriy bino qurilishi amalga oshirilmoqda.

Yetti qavatli bino B va V korpuslari qurib bitirildi va pardozlash ishlari yakunlanmoqda.

Ma'lumot o‘rnida: Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasida jami 10 nafar xodimlar mehnat faoliyati olib boradi.

 

Hurmat bilan,

Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi jamoasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>