«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 2019-yildan buyon davom etayotgan an'anaga ko‘ra, «2021-yil SARHISOBI» rukni bo‘yicha hisobot ma'lumotnomalarni e'lon qilishni boshlaydi. Unda siz Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari, investitsion loyihalarning bajarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi amaliyotlar haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Utube, Youtube) barqaror faoliyat yuritmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Jamiyat faoliyatiga tegishli masalalarga zudlik bilan munosabat bildirilib, tegishli tartibda tahliliy maqola, bayonot, xabar va ma'lumotlar e'lon qilinmoqda.
Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari, investitsion loyihalarning bajarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi amaliyotlar keng jamoatchilik e'tiboriga yoritib borilmoqda.
Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston MET» AJning YAGONA TELEFON 71/236-68-08 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46 hamda Devonxona (kanselyariya) 71/236-6854 raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning Call markaz raqami — +998 (55) 500-5545 barqaror faoliyat yuritmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatining veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e'lon qilib borilmoqda.
«KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR» rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
✔ O‘zbekiston Resublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-fevraldagi 81-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi tomonidan 2021-yil 19-martda imzolangan 104-sonli buyruqqa asosan «Infografika» studiyasi Axborot xizmati hamda "Energo-IT" filiali negizida tashkil etildi. 2021-yil davomida o‘nlab videorolik va infografika mahsulotlari tayyorlanib, uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali namoyish etildi.
✔ “Investitsiya salohiyati” rukni tarkibida beshinchi — “Tashqi qarz” nimrukni ochildi va tegishli ma'lumotlar bilan to‘ldirilib borilmoqda — https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/54;
✔ “Bo‘sh ish o‘rinlari” rukni tarkibida ikkinchi — “Onlayn rezyume” nimrukni ochildi va u yerda murojaatchilar o‘z tarjimai holi, ya'ni rezyumeni to‘ldirib kiritishi va Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi xodimlari bilan onlayn rejimga muloqotga kirishi imkoniga ega — https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume;
✔ https://www.uzbekistonmet.uz veb-saytining bosh sahifasida “Onlayn maslahatchi” elektron dasturi ishga tushirildi. Bu interaktiv dastur orqali murojaatchilar o‘z savollari bilan murojaat qilishlari mumkin. Operatorlar (Axborot xizmati, Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul xodim, “Energo-IT” filiali muhandis xodimlari) murojaatchilarga onlayn muloqotda javob (tavsiya, maslahat va ma'lumot) taqdim etadi.
2021-davomida jami: 1 ta matbuot anjumani, 2 ta brifing, 7 ta press-tur, 12 ta taqdimot tadbirlari, 4 ta Energetika vazirligi matbuot shtabidan brifinglar o‘tkazildi. Bundan tashqari, 2021-yil davomida ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali 17 ta onlayn efirlar e'lon qilinib, yil davomida 17 marta boshqaruv raisi hamda uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlar OAV va keng jamoatchilik e'tiboriga yoritildi.
Shu bilan birga, 2021-yil davomida uzbekistonmet.uz veb-saytida jami 1092 ta, ijtimoiy tarmoq sahifalarida esa 1200dan ortiq infografika, foto, audio, video, matn shaklidagi axborotni jamoatchilik e'tiboriga taqdim etish amalga oshirildi.
✔«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmatining 2021-yildagi faoliyatiga bir nazar — https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1677
✔ Transformatsiya jarayonlari: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmatining hisoboti — https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1720
✔ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmatining 2021-yilgi faoliyati yuzasidan hisoboti (hisobotlar sarlavhasi va havolalar jadvalida) — https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1723
✔ AXBOROT XIZMATI SARHISOBI: «Infografika» studiyasi tomonidan yaratilgan foto-video hamda infografika mahsulotlari bilan tanishib boring! (2021-yil) — https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1752
✔ Axborot xizmatining hisoboti: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli masalalar televideniye nigohi va radio to‘lqinlarida (2021-yil) — https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1756
✍️ Ulug‘bek Urunov,
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining
matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati