Yangiliklar
2021-yil natijalari sarhisobi: Kecha «O‘zbekiston MET» AJda kengaytirilgan tartibdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
  • 24.12.2021
  • 560

    Kecha, 23-dekabr kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy boshqaruv apparati binosida 2021-yil natijalari sahisobi bo‘yicha kengaytirilgan tartibdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi, uning birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari, magistral elektr tarmoqlari filiallari hamda qurilish-montaj tashkilotlari direktorlari, loyihalashtirish instituti rahbarlari, Markaziy boshqaruv apparatining bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va xizmat boshliqlari qatnashdi. Shuningdek, kengaytirilgan majlisda videokonferensaloqa orqali hududiy bo‘linmalar bosh muhandislari, yuqori kuchlanishli podstansiya va elektr tarmoqlarida mehnat faoliyati olib borayotgan o‘rta bug‘in rahbarlari — soha mutaxassislar ishtirok etishdi.

 

 

  2021-yilgi faoliyat sarhisobiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ochib berib, yakunlanayotgan 2021-yilda Aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilgan ishlar, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-sozlash, qurilish-montaj amaliyotlari, investitsion loyihalarning bajarilish jarayonlari, umuman, erishilgan yutuq va yo‘l kamchiliklar haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.

    Dadajon Aynaqulovich yig‘ilish ishtirokchilari, ular orqali butun jamoani kirib kelayotgan 2022-yil bilan samimiy tabriklab, barcha hamkasblarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, samarali mehnat faoliyati va kasbiy muvaffaqiyatlar tiladi.

  Yig‘ilishda, shuningdek, Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosarlari X.B.Elmurodov hamda S.S.Artikovning hisobotlari tinglandi.

 

 

 

  Xoliq Boboyorovich magistral elektr tarmoqlari filiallarida 2021-yilgi ish rejasiga binoan amalga oshirilgan ishlar ko‘lami, muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar hamda unda o‘zining mehnati va tashabbusi bilan ajralib turgan xodimlarni e'tirof etdi. Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ham qattiq tanqid ostiga oldi. Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosarlari X.B.Elmurodov o‘z sarhisob hisobotida Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli asosiy ko‘rsatkichlarni o‘zaro solishtirib, Aksiyadorlik jamiyatining 2021-yilgi ish faoliyatini tahlil etdi. Jumladan, joriy yilda bajarilgan ishlarni 2020-yil bilan solishtirib, o‘sish sur'atlari, 2022-yildagi reja marralarining natijadorligi haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/9553

  Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosarlari S.S.Artikov investitsiya loyihalarini amalga oshirish, kapital qurilish, mahalliylashtirish, sanoat va axborot texnologiyalari sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish masalalariga to‘xtalib, 2021-yilda bu borada amalga oshirilgan ishlar samaradorligini tahlil etdi. Sobirjon Sadullayevich o‘z hisobotida Davlat xaridlari yo‘nalishida olib borilgan ishlar, qonunchilikdagi yangiliklar, mahalliylashtirish dasturi, Aksiyadorlik jamiyatida ish boshlagan Transformatsiyani amalga oshirish ofisi faoliyat haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosarlari o‘z sarhisob hisobotida elektron slayd taqdimotini namoyish etib, erishilgan yutuqlar qatorida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarni fotodalillar shaklida taqdim etish orqali tahlil etdi.

  Kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish, o‘zaro muhokamalar, 2022-yil rejalari tahlili bilan yakunlandi. Filial rahbarlari o‘z hisoboti va rejalarini bayon etishdi.

  Yig‘ilishning ikkinchi qismida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021-yilgi faoliyatida tashabbus va jonbozlik ko‘rsatgan mutaxassis xodimlarning mehnat faoliyati Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan alohida e'tirof etilib, faxriy unvon va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

    “O‘zenergoinjiniring" AJ bosh direktori Abdujabbarov Zokir Yuldashevich “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida xizmat ko‘rsatgan energetik” hamda O‘zbekiston energetika tizimida 30 yildan ortiq samarali mehnat faoliyati olib borganligi uchun “Energetika faxriysi” unvonlari bilan taqdirlandi.

 

  Quyidagilar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “Energetika faxriysi” unvoni bilan taqdirlandi:

  1. Begmatov Farxod Suvanberdiyevich — Hisob-kitob shartnomalar bo‘limi boshlig‘i.

  Quyidagilar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Energetika kengashining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi:

  1. Djurayev Zafar Dadajonovich — Strategik rivojlantirish va standartlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;

  2. Saparbayev Rufat Yangibayevich — “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori;

  3. Xudaynazarov Ilxomjon Azamqulovich — “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori.

 

 

   Quyidagilar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi:

  1. Yuldashev Shohrux Rahmatjon o‘g‘li — Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi;

  2. Ligskiy Andrey Aleksandrovich — Markaziy rele himoyasi va elektr avtomatikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari;

  3. Abdullayev Akmal Abdimutal o‘g‘li — Investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhi mutaxassisi;

  4. Azimov Nodir Shavkatovich — Avtotrasport va mexanizmlar boshqarmasi boshlig‘i;

  5. Fazletdinova Mahfuza Irgashevna — Ishlab chiqarish xo‘jaligi xizmati farroshi;

  6. Axmedov G‘ayrat G‘oyibovich — “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori;

 

 

  7. Abdullayev Bahodir Hamidovich — “Toshkent tibbiy-sanitariya qismi” muassasasi bosh hakimi;

  8. Gapparov Samijon Nabiyevich — “Namangan tibbiy-sanitariya qismi” muassasasi bosh hisobchisi.

  Quyidagilarga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Tashakkurnomasi e'lon qilindi:

  1. Mirzaraimova Maysara Yusupbekovna — Ish yuritish boshqarmasi boshlig‘i;

  2. Artikbayev Amon Abdurasulovich — Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi bosh mutaxassisi;

  3. Muxiddinov Baxtiyor Baxodirovich — Milliy dispetcherlik xizmati katta dispetcheri;

  4. Xashimova Nigora Ruslanovna — Investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhi ofis menedjeri;

  5. Karimov Kamol Ibragimovich — Kapital qurilish, loyiha va smetalarni ekpertiza qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;

  6. Kasimova Shoista Yunusbayevna — Ishlab chiqarish xo‘jaligi xizmati farroshi.

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>