Yangiliklar
“O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov “Sardor” va “Qizil-Ravot” podstansiyalari faoliyatini o‘rgandi
  • 21.12.2021
  • 398

  Yodingizda bo‘lsa, yaqinda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialining 2021–2022-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik natijalari to‘g‘risida ma'lumot e'lon qilgan edik. 

 

 Batafsil: 2021–2022-yillar kuz-qish mavsumi: “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali faoliyatiga bir nazar  

  Shu bilan birga, «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining 2021-yil 1-noyabr sanasidagi 326-sonli buyrug‘iga asosan «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialida o‘tkazilgan "Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi" tadbirlarini yoritgan edik.

  Batafsil: «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialida "Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi" tadbirlari o‘tkazildi

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov joriy yilning 18-dekabr kuni “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Sardor” va “Qizil-Ravot” podstansiyasiga tashrif buyurib, Namangan viloyatidagi yuqori kuchlanishli podstansiya va elektr tarmoqlarida amalga oshirilgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari bilan bevosita tanishdi.

  Filial faoliyatini tahlil etishda asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi “Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3284-sonli Qarorining ijrosi o‘rganildi hamda amalga oshirilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari yuzasidan texnik-muhandislik tavsiyalari berildi.

 

 

  Tashrif davomida Xoliq Boboyorovich filial tasaruffidagi barcha bino-inshootlarning texnik nazorati, shuningdek, 220/110/10 kVli “Sardor” podstansiyasi binolari,  “Qizil-Rovot” podstansiyasi Operativ boshqaruv pulti binosidagi mukammal ta'mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Dasturiy reja bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarini berdi. Shuningdek, tashrif davomida X.B.Elmurodov 220 kVli “Qizil-Ravot” podstansiyasida bajarilgan ishlar, VL-220, L-40-Kr hamda L-40-K-2 ishchi nomli elektr uzatish liniyalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.  Yangi qurilma va panellarni kuchlanish hamda tokda sinash jarayonida ishtirok etdi.

  Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, 2021–2022-yillar kuz-qish mavsumida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi elektr ob'ektlarida ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, namanganlik energetiklar o‘z oldilariga qo‘ygan vazifalarni sidqidildan bajarish bilan mashg‘ul.


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>