OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Energetika vazirligi Matbuot-shtabi: 2021-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, magistral gaz quvurlari muhofaza hududlarida 2 440 ta noqonuniy qurilma mavjudligi aniqlandi
  • 16.12.2021
  • 306

  2021-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, magistral gaz quvurlari muhofaza hududlarida 2 440 ta noqonuniy qurilma mavjudligi aniqlandi. Bular: 2096 ta aholi xonadoni, 83 ta noturar bino inshootlari, 4 ta AYOQSh, 133 ta issiqxona, 91 ta aholiga xizmat ko‘rsatish binolari, 33 ta fermer xo‘jaliklariga tegishli binolar.

  Bugungi kunda 1 652 ta qurilmani xavfsiz hududga olib chiqish bo‘yicha hujjatlar sud organlariga taqdim etildi. 800 ta qurilma bo‘yicha sud qarori chiqarilib, 139 tasi xavfsiz hududga ko‘chirildi.

  Tarkibiy tuzilmalar tomonidan muhofaza hududlarida noqonuniy qurilmalar soni ortishining oldini olish va jamoatchilikni ogohlantirish maqsadida qator targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, o‘tgan davr mobaynida 18 ta gazeta va jurnalda,  11 ta respublika va hududiy telekanallar orqali  magistral gaz quvurlari muhofaza hududi to‘g‘risida va bu yerlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida ogohlantiruvchi mediamateriallar tayryolangan. Shuningdek jurnalistlar va OAV vakillari noqonuniy qurilmalar joylashgan hududlarga tashkil etilgan press-turlarga jalb qilingan.

  Tarkibiy tuzilmalar tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida yer egalariga yilda 2 marta ogohlantirish xatlari tarqatilishi ham yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda “Magistral gaz quvurlarini muhofaza qilish qoidalari” me'yoriy hujjati ishlab chiqilib, tegishli tashkilot va davlat organlar bilan kelishish ishlari olib borilmoqda.

 


 

  “O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

  https://minenergy.uz/uz/news/view/1675

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>