OAV va jamoatchilik bilan ishlash
«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialida "Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi" tadbirlari o‘tkazildi
  • 16.12.2021
  • 301

  Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2021-yil 1-noyabr sanasida “Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 326-sonli buyrug‘i imzolangan edi.

  Buyruqda “O‘zbekiston MET” AJ quyi tizimi bo‘linma va filiallari obyektlarida “Yong‘in xavfsizligi qoidalari” qo‘llanmasi talablariga rioya etilishi, elektr uskunalarini qishki mavsumda yong‘inga xavfsiz ishlashga tayyorlash, yong‘in-texnik komissiyalari, ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalari faoliyatini faollashtirish, Davlat yong‘in nazorati organlari ko‘rsatmalarini bajarish, yong‘inlarning oldini olish ishlariga xodimlarni kengroq jalb qilish belgilangan.

  Mazkur buyruq bilan ko‘rik oyligi tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish natijalarini umumlashtirish uchun “O‘zbekiston MET” AJning Markaziy komissiyasi tarkibi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, Komissiya raisi "O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov, a'zolari: Z.I.Atayev, A.B.Sultonov, Sh.S.Kulibayev, M.K.Boboyev, Sh.E.Ziyoyev, N.Sh.Azimov hamda S.R.Xaydarovlardan iborat.

  O‘tgan bir oy davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha filiallarda "Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi" tadbirlari o‘tkazildi.

 

  ⇒ Qo‘shimcha ma'lumotlar:

 

  ►  “O‘zbekiston MET” AJ: 2021-yil 16-noyabrdan 16-dekabrgacha yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi o‘tkaziladi

 https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/1527

  ► Is gazidan ogoh bo‘ling!

  https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/1593

  ► "Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli "Gulcha" podstansiyasida yong‘in xavfsizlik oyligi tadbirlari

  https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/1659

 ► 220 kV kuchlanishli “Keles” podstansiyasida “Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi” tadbiri o‘tkazildi

  https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/1686

  ► uza.uz — O‘zbekiston milliy axborot agentligining maxsus reportaji:

  ►Lotin (+video) / кирилл (+видео)

 

   ‖ Veb-sahifa ‖  Telegram ‖  FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>