Yangiliklar
Bugun 220 kV kuchlanishli “Sirg‘ali” podstansiyasida "Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi" tadbiri o‘tkazildi
  • 16.12.2021
  • 380

  «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining 2021-yil 1-noyabr sanasidagi 326-sonli buyrug‘iga asosan “O‘zbekiston MET” AJ quyi tizimi bo‘linma va filiallari ob'ektlarida “Yong‘in xavfsizligi qoidalari” qo‘llanmasi talablariga rioya etilishi, elektr uskunalarini qishki mavsumda yong‘inga xavfsiz ishlashga tayyorlash, yong‘in-texnik komissiyalari, ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalari faoliyatini faollashtirish, Davlat yong‘in nazorati organlari ko‘rsatmalarini bajarish, yong‘inlarning oldini olish ishlariga xodimlarni kengroq jalb qilish belgilangan.

  O‘tgan bir oy davomida Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha filiallarda "Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi" tadbirlari o‘tkazildi.

  ⇒ Bugun, 2021-yil 16-dekabrda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Sirg‘ali” podstansiyasida o‘tkazilgan shunday tadbirda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Tez tibbiy yordam bo‘linmalari ishtirok etishdi.

 

Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>