Yangiliklar
Sanoat yarmarkasida ishtirokchilar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy ish faoliyati bilan tanishmoqdalar
  • 15.12.2021
  • 325

  Avval xabar berganimizdek, «O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda Aksiyadorlik jamiyati o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda.

  Bugun «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati rahbari hamda «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori mahalliy sanoat korxonalari, o‘rta va kichik biznes vakillari bilan uchrashib, Aksiyadorlik jamiyatining asosiy ish faoliyati, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, modernizatsiya-rekonstruksiya amaliyotlari va qurilish-montaj ishlari bilan tanishtirib o‘tdi.

  Yarmarka ishtirokchilariga «O‘zbekiston MET» AJning elektron manzillari qayd etilgan tarqatma materiallarni taqdim etilib, hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama etildi.

  ⇒ Eslatib o‘tamiz, Sanoat yarmarkasi 14–18-dekabr kunlari faoliyat yuritadi.

 

✍️ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>