Yangiliklar
Energetika vazirligi: Elektr energiyasi ishlab chiqarish barqarorligini ta'minlash maqsadida barcha elektr stansiyalari tun-u kun, sutkasiga 24 soat – uzluksiz faoliyat olib boradi
  • 15.12.2021
  • 500

  Energetika vazirligi tizimidagi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha korxonalarda aholi, ijtimoiy soha ob'ektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror va sifatli elektr hamda issiqlik energiyasi bilan ta'minlash maqsadida tun-u kun ishlar tashkil etilmoqda.

  Xususan, yarim tun bo‘lishiga qaramay “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyatida elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz ravishda davom etmoqda.   

  Markazda 5-sonli turbogenerator, GTQ-17 MVt va GTQ-7 MVt zamonaviy qurilmalari to‘xtovsiz rejimda ishlamoqda.

  Jamiyatning o‘rnatilgan elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 329 MVt/soat, issiqlik energiya ishlab chiqarish quvvati 1449 Gkal.soatni tashkil etadi.

  Zamonaviy GTQ-17 MVt va GTQ-7 MVt qurilmalari bugungi kunda to‘liq quvvatlarda ishlayotgan bo‘lsa, TG-5 turbinasi iste'molchilar talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat olib bormoqda.

  Zamonaviy GTQ-7, GTQ-17 kurilmalari ishlashi hisobiga soatiga 14,3 ming metr kub tabiiy gaz iqtisod qilishga erishilmoqda.



 

  O‘zbekiston Respublikasi
  Energetika vazirligi Matbuot xizmati

  https://minenergy.uz/uz/news/view/1671

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>