Yangiliklar
Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati alohida e'tirof etildi
  • 14.12.2021
  • 226

 «O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umirzoqov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari G.Saidova, Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev va boshqa hukumat vakillari ishtirok etishdi.

  Ochilish marosimida so‘z olgan Bosh vazir o‘rinbosari Sardor O‘ktamovich Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyatini alohida e'tirof etib, Sanoat yarmarkasida ishtirok etishni istovchi korxona va xususiy tadbirkorlar soni yildan-yilga oshib borayotganini ta'kidladi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>