OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Energetika vazirligi Matbuot-shtabi: Elektr stansiyalar tun-u kun, sutkasiga 24 soat — uzluksiz faoliyat olib boradi
  • 14.12.2021
  • 265

  Savol: Hozir mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalar qurish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. Lekin, ayni kunlarda iste'molimizda bo‘lgan elektr energiyasining asosiy qismi qaerda va qanday ishlab chiqariladi?

  Javob: Bugungi kunda mamlakatimizda elektr energiyasi asosan issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr stansiyalarining ayni damda yurtimizda jami elektr energiyasini ishlab chiqarishdagi ulushi 90 foizdan ko‘proqni tashkil etadi.

  Elektr stansiyalar tun-u kun, sutkasiga 24 soat faoliyat olib boradi. Chunki elektr energiyasi ishlab chiqarilishi bilan o‘sha soniyalarning o‘zida foydalanadigan mahsulotlar qatoriga kiradi.

  Issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i sifatida asosan tabiiy gaz, shuningdek ko‘mir va zahira yoqilg‘isi sifatida mazutdan foydalaniladi.

  Ta'kidlash lozimki, bugun tizimda zamonaviy, energosamarador va tejamkor bug‘-gaz qurilmalarini joriy etish natijasida yoqilg‘i sarfini keskin kamaytirishga erishilmoqda.

  Masalan so‘nggi 5 yil ichida To‘raqo‘rg‘on, Toshkent, Tolimarjon, Navoiy va Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida foydalanishga topshirilgan bug‘-gaz qurilmalari o‘tgan asrning 60-70 yillarida kurib foydalanishga topshirilgan an'anaviy enerbloklardan ikki barobar kam yoqilg‘i, ya'ni tabiyi gaz sarflaydi.

 

 


  “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati.

  https://minenergy.uz/uz/news/view/1669

 

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>