Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi
  • 14.12.2021
  • 277

  Avval xabar berganimizdek, bugun «O‘zekspomarkaz”da Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Yarmarka faoliyati bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov tanishib chiqdi.

  Dadajon Aynaqulovich elektr uskuna va jihozlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari hamda tadbirkorlarning ko‘rgazmaga olib kelingan mahsulotlarini ko‘zdan kechirib, ishlab chiqaruvchilarga sifat, samaradorlik va texnik-muhandislik yechimlari yuzasidan o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

  Eslatib o‘tamiz, Sanoat yarmarkasida Xaridlar, mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish boshqarmasi mutaxassislari mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha ishlab chiqarilgan va amaliyotda foydalanilayotgan elektr uskuna-jihozlari, ehtiyot qismlarni sanoat korxonalari hamda tadbirkorlarga namoyish etmoqda.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>