Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ «O‘zekspomarkaz”da o‘z ishini boshlagan «Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi»da ishtirok etmoqda
  • 14.12.2021
  • 253

  Bugun, 2021-yil 14-dekabr kuni Toshkent shahrining «O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida «Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi» o‘z ishini boshladi. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Xaridlar, mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish boshqarmasi hamda «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha ishlab chiqarilgan va amaliyotda foydalanilayotgan elektr uskuna-jihozlari, ehtiyot qismlarni sanoat korxonalari va tadbirkorlarga namoyish etishmoqda.

  ⇒ Ayni paytda soat 11:00 ochilishi rejalashtirilayotgan Sanoat yarmarkasining ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati Sanoat yarmarkasining ishi va Aksiyadorlik jamiyatining mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorligini yoritib boradi.

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>