Yangiliklar
«Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filialida ekohashar o‘tkazildi
  • 10.12.2021
  • 256

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan boshlangan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekohashar tadbiri o‘tkazildi.

“Jizzax MET” filiali kasaba uyushmasi ko‘magi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlari tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda rahbar kadrlar, muhandis-chilangarlar, xo‘jalik ishlari xodimlari hamda yosh mutaxassislar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida filiali tarkibidagi «Jizzax», «Saribozor» hamda «DNS-2» podstansiyasiga 500 dan ortiq turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

✍️ «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti aֹ’zolari

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>