Yangiliklar
Matbuot kotiblarining 2021-yilgi faoliyati tahlil etildi
  • 10.12.2021
  • 446

Bugun, 2021-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sh.Asadov raisligida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, Respublika ahamiyatiga molik tashkilot va idoralar axborot xizmatlari rahbarlari  faoliyati samaradorligini oshirish, yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.A.Xodjaev, Vazirlar Mahkamasining tegishli sho‘balaridan vakillar ishtirok etishdi.

 

Uchrashuvda matbuot kotiblarining 2021-yildagi faoliyati tahlil etilib, yutuqlar e'tirof etilishi bilan birga yo‘q qo‘yilgan kamchiliklar tanqid ostiga olindi. Shuningdek, matbuot kotiblari ish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tizimli ishlar, media-reja va malaka oshirish ishlari muhokama etildi.

Uchrashuvda yuz nafardan ziyod matbuot kotiblari qatorida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi ishtirok etdi. Yig‘ilishda berilgan topshiriq va tavsiyalar ijro uchun qabul qilindi.

2021-yil 22–26-oktyabr: Prezident sayloviga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar — ozarbayjonlik 7 nafar jurnalistlar hamrohligida o‘tgan 4 kun

https://t.me/ulugbekijodnamunalari/416

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokini tashkil etishdagi xizmatlari, xorijiy kuzatuvchilarga hamrohlik qilib, ularga har tomonlama ko‘maklashishda qo‘shgan hissasi uchun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi U.P.Urunov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduhakimov tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
 

Uchrashuv so‘nggida mabuot kotiblarining takliflari eshitilib, ularni qiynab kelayotgan ayrim muammolar yechimi bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmat 

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>