OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Energetika vazirligi Matbuot-shtabi javob beradi
  • 09.12.2021
  • 642

  Savol: Gaz jihozlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish kim tomonidan amalga oshiriladi?

  Javob: Xonadonlarga o‘rnatilgan gaz jihoz va uskunalari foydalanuvlardan, ya'ni iste'molchilardan doimiy diqqat-e'tibor va profilaktik texnik xizmat ko‘rsatishni zaruriyatini talab qiladi. Agar iste'molchi bularning barchasini shunchaki e'tiborsiz qoldirsa, u o‘zi yashab turgan xonadon va uylarni, shuningdek, o‘z oila a'zolari va yaqinlarining hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. O‘zbekistonda xonadonlarga o‘rnatilgan gaz jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi yiliga kamida bir marta qilib belgilanadi.

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori hamda va “Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyatining “Gaz xo‘jaligidan foydalanishning xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga gaz uskunalariga texnik va profilaktik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiy xizmatlar ko‘rsatish funksiyalari yuklangan. Shu bilan bir qatorda, Aksiyadorlik jamiyati ixtiyoriylik asosida boshqa qator xizmatlar turlarini ham taklif etadi.

  Bugungi kunda “Hududgazta'minot” AJ mutaxassislari gaz uskunalariga texnik va profilaktik xizmat ko‘rsatish, gaz tarmoqlarining germetikligini tekshirish, ishga tushirish, tozalash, shuningdek, gaz taqsimlash punktlarini texnik va joriy sozlash, gaz plitasi hamda qozonlarni o‘rnatish va ta'mirlash, uy ichi gaz jihozlarini ishga tushirish, qurish hamda montaj ishlari, iste'molchilar uchun gaz tarmoqlarini loyihalash, shuningdek gaz ta'minoti sohasidagi boshqa turdagi texnik ishlarni olib bormoqdalar.

  Gaz jihozlariga muntazam texnik va profilaktik xizmat ko‘rsatish iste'molchilarga gaz moslamalarining to‘g‘ri ishlashiga ishonch hosil qilish, ularni to‘g‘ri ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalardan o‘tish, gaz sizib chiqish holatlarini aniqlash va bartaraf etish orqali ortiqcha gazni hisobga olishning mavjudligini tekshirish, og‘ir uglerod oksidi so‘rilishi aniqlanganda mo‘rikon va ventilyasion kanallarni diagnostika qilish va tekshirish hamda tasdiqlangan texnik standartlarga muvofiq gaz quvurlarini yotqizish va gaz uskunalarini o‘rnatish uchun loyihalarni buyurtma qilish imkonini beradi.

  Gaz jihozlariga texnik va profilaktik xizmat ko‘rsatish uchun iste'molchilar 104 yoki 1104 raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib ariza qoldirishlari yoki “Hududgazta'minot” AJning hududiy filialiga murojaat qilishlari mumkin.

 



 “Hududgazta'minot” AJ Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1661

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>