OAV va jamoatchilik bilan ishlash
BAYROG‘IMIZ — FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ
  • 18.11.2021
  • 9585

Bugun vatanimizning barcha go‘shalarida bayrog‘imiz qabul qilinganligining 30 yilligi keng nishonlanmoqda. Ushbu tadbirlar Toshkent shahrida ham o‘zgacha shuquhda davom ettirilmoqda.

 

Xususan, “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari F.M.Qurbonov, Ishlarni yuritish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Z.Umarova xamda O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod hamda "Qax-qaxa" hajviy ko‘rsatuvi aktyori, el ardog‘idagi san'atkor Tohir Rahimovlar ishtirok etdilar. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar energetika sohasi ishchi-xodimlarini bayram munosabati bilan muborakbod etishdi.

 

Har bir xalq, millat uchun o‘z vatanining ramzlari muqaddas hisoblanadi. Boisi ularda o‘sha xalqning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an'ana va urf-odatlari o‘z aksini topadi. Ana shunday ramzlardan biri bu davlat bayrog‘idir.

Shak-shubhasiz jonajon O‘zbekistonimiz bayrog‘i dunyodagi eng chiroyli va ko‘rkam bayroqlardan biridir. U bizning hyech kimdan kam emasligimiz va aslo kam bo‘lmasligimizni ifoda etadi. Har safar sport arenalarida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida yurtimiz bayrog‘i yuqori ko‘tarilganda qalbimizni qiyosi yo‘q g‘urur va iftixor hislari egallab oladi.

 

 

 

Bayrog‘imizdagi moviy rang — musaffo osmonimiz hamda obi-hayot ramzidir. Oq rang — davlatimiz fuqarolarining o‘zaro hamjihatlikda, bir-birini hurmat qilib, diniy bag‘rikenglik tamoyillari asosida tinch-totuv yashayotganining timsoli. Yashil rang esa tabiatning yangilanishi hamda yurtimizning jannatmonand ekanligidan dalolatdir. Bu rang ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar davlatimiz farovonligi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida o‘zaro hamjihatlik bilan xormay-tolmay mehnat qilayotgan yurt farzandlarining vujudida oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.

Mustaqil davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir. Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz yodda tutishimiz shart.

 

 

 

Bayrog‘imizning balandligi yurtimizning obro‘-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha e'zozlaylik va boshimiz uzra baland ko‘taraylik!

 Albatta, bu kabi tadbirlar xodimlarimizda davlat ramziga bo‘lgan hurmat yanada mustahkamlaydi.

Hurmat bilan,

✍️ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>