Yangiliklar
Sayyor qabul: soha ishchi-xodimlari bilan ochiq muloqot
  • 18.11.2021
  • 293

 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida joriy yilning 15-noyabr kuni ishchi-xodimlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

 

  Hozirda inson manfaatlarini ta'minlash uchun avvalo xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida urg‘u berilmoqda. Yurtimizda halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish — inson huquq hamda manfaatlarini ta'minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat. Murojaatlar bilan ishlash borasida asos solgan yangi tizim — ijtimoiy adolatni ta'minlash borasida o‘zbekona hayot falsafasi va milliy davlatchilik maktabiga xos barhayot an'analarning yangi taraqqiyot bosqichi bo‘lishi bilan birga, mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish yo‘lidagi strategik maqsadlarga erishishning qudratli vositasiga aylanmoqda.

 

  Sayyor qabulda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari Feruz Mustafaevich Qurbonov hamda Ishlarni yuritish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shoira Zokirovna Umarova ishtirok etdilar.

  F.M.Qurbonov o‘z so‘zini davom ettirarkan, qish mavsumi boshlanishi munosabati bilan elektr qurilmalari ishonchli ishlashi qatiy nazoratda bo‘lishi, qurilish-montaj va modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarining reja asosida o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan choralar ko‘rish, podstansiya hududi va bino-inshootlarning estetik holatiga doimiy e'tiborni qaratish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekish ishlarini jadallashtirish, joriy yilning 10 oyi yakuni bo‘yicha belgilab olingan asosiy prognoz ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida bajarilishi, ma'nan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarni bosqichma-bosqich almashtirish ishlarini bajarish bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etdi.

 

 

Sayyor qabul qizg‘in muhokamalar, ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi. Filialdagi barcha ishchi-xodimlarning muammosini yechish yangi O‘zbekistonda yangicha tartibda ish olib borilishi hamda soha xodimlariga qulayliklar yaratilishi haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda “Toshkent shahar MET” filialining 2021-yil davomida erishilgan natijalar alohida e'tirof etildi.

Sayyor qabul davomida xodimlar o‘zlarini qiynayotgan muammolari bilan murojaat qilib, kerakli tavsiyalarni oldilar. Murojaatlarga tegishliligi bo‘yicha qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib, huquqiy maslahatlar berildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan boshqaruv raisi o‘rinbosari hamda xodimlar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

 

Xodimlar kelgusida energetika tizimini yanada rivojlanishi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Sayyor qabul yakunida “Toshkent shahar MET” filialiga yangi bino qurib berilganligi, munosib mehnat sharoitlari yaratib berilgani munosabati bilan “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruv raisi   D.A.Isaqulovga ishchi-xodimlar tomonidan o‘z minnatdorlik bildirildi.

Energetiklar tunu-kun xalq xizmatida.

✍️ Anvar Rasulov, “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>