Yangiliklar
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati e'tirof etildi
  • 12.11.2021
  • 207

 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini ta'minlash hamda himoya qilish, xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy sa'viyalarini yuksaltirish va sog‘lomlashtirish borasidagi sidqidildan samarali mehnati, faolligi va mas'uliyati, erishgan natijalari orqali korxonalar hamda mehnat jamoasida obro‘-e'tibor qozongan bir guruh kasaba uyushma faollari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

✔️ Shuningdek, bugungi tadbirda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Nodira Xidirovaning ham samarali faoliyati e'tirof etilib, “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>