Yangiliklar
220 kV kuchlanishli “Muborak” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari davom ettirilmoqda
  • 11.11.2021
  • 390

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentyabrdagi PQ–3284-sonli “Jahon banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida qaroriga asosan 220 kV kuchlanishli “Muborak” podstansiyasida bir qator modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

  

  220 kV kuchlanishli “Muborak” podstansiyasi viloyatdagi toifalangan yirik sanoat ob'ektlari, ya'ni “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”, Muborak neft va gaz qazib chiqarish” AJlarga elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.

  Ob'ektlarning barqaror faoliyatini ta'minlash maqsadida “Muborak” podstansiyasi elektr qurilmalari “Magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” hamda “Faza-1” loyihasiga kiritilgan.

  Hozirgi kunga qadar 5 dona yangi, zamonaviy LTB-245E1 rusumli 220 kVli o‘chirgichlar, 4 dona LVB-220kV rusumli tok transformatorlari, 2 dona o‘ta kuchlanishdan himoya qilish uskunasi (OPN-220), 117 elementdan iborat 11OGI-880LA rusumli akkumulyator batareyalari, shuningdek, 2 dona 10 kVli reaktor hamda 1 dona quvvatlash uskunasi (VZP) o‘rnatildi.

 

  Joriy yilning avgust oyida loyihaga asosan 220 kV kuchlanishli “Muborak” podstansiyasiga 1117 dona izolyatorlar va 10 dona 220kV ajratgichlar olib kelingan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 2 dona ajratgichlar va 120 dona izolyatorlar o‘rnatildi. Demontaj va zamonaviy uskunalarni o‘rnatish ishlari o‘rnatilgan tartibda davom etmoqda.

✍️ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>