OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Qirg‘iziston Markaziy Osiyodagi qo‘shnilarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi
  • 03.11.2021
  • 237

  Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida joylashgan “Toqtogul” suv omborining suv sathi “o‘lik chegara” darajasigacha tushishi ehtimoli bor. Bu haqda Qirg‘iziston energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari Taalaybek Ibrayev ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.

  Ibrayev Bishkekda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi Elektr energetika muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ushbu suv omborining sathi kamayishi mumkin.

  “Bu holat mintaqada kelgusi yil vegetatsiya davrini muvaffaqiyatli o‘tishga imkon bermaydi va o‘z-o‘zidan ma’lumki, ‘Toqtogul’ suv omboriga tutash daryolar oqib o‘tadigan qo‘shni mamlakatlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi”, – dedi u.

  Qirg‘izistonlik amaldor vaziyatni o‘nglash uchun Qirg‘iziston elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zaruriyati mavjudligini qayd etdi.

  Yig‘ilishda energiya resurslari tanqisligi va uning tannarxi keskin oshib borayotgani, dunyo va mintaqada suv tanqisligi tufayli kuzatilayotgan energetika inqirozi muhokama qilindi.

https://daryo.uz/

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

 

>