OAV va jamoatchilik bilan ishlash
“Tolibon” elektr energiyasi bo‘yicha O‘zbekiston oldidagi barcha qarzini uzishga va’da berdi
  • 25.10.2021
  • 248

   Afg‘oniston muvaqqat hukumati elektr energiyasi bo‘yicha O‘zbekiston oldidagi qarzini to‘liq uzish majburiyatini zimmasiga oladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqovga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdulla Salam Hanafiy boshchiligidagi delegatsiyasining Termizga tashrifi

Foto: Twitter / Inamullah Samangani

  “Biz muzokara o‘tkazdik, unda muvaqqat hukumatning energetika yo‘nalishiga javob beradigan, ‘Afg‘oniston elektr tarmoqlari’ (AET) kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Vaziyat taqozo etishi bilan — ushbu mamlakatda bank tizimi va muvaqqat hukumatning tan olinishi bilan bog‘liq qator muammolar mavjud — AETdagi hamkasblarimiz zudlik bilan mavjud barcha qarzlaridan qutulishiga kelishib oldik. Ammo shunga qaramay, biz elektr energiya yetkazib berishni davom etamiz”, — deydi u.

  Bosh vazir o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, Toshkent Kobulga elektr energiyasi yetkazib berishni “bir soatga ham” to‘xtatmagan, Afg‘oniston “o‘z ehtiyojlari doirasida O‘zbekistondan elektr energiyasini to‘liq hajmda olyapti”. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi qarorning qabul qilinishiga asosan “qardosh afg‘on xalqini qiyin paytda qo‘llab-quvvatlash” kerakligi sabab bo‘lgan.

  Avvalroq ToloNews Afg‘oniston O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Erondan elektr energiyasi uchun qarzdor bo‘lib qolganini ma’lum qilgandi.

  Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston muvaqqat hukumat rahbarining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul Kabir boshchiligidagi Afg‘oniston rahbariyati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgandi. Uchrashuv davomida tomonlar yaqin orada Termiz shahrida savdo-iqtisodiy masalalarini, jumladan, Surxon — Puli-Xumri elektr uzatish tarmoqlari va Mozori-Sharif—Kobul—Peshovar yo‘nalishi bo‘ylab temir yo‘l qurish loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun qo‘shma muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olgandi.

  16-oktabr kuni Termizda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va Afg‘oniston muvaqqati hukumati vakillari muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar muzokara davomida qish mavsumi davomida ikki tomonlama savdoni kengaytirishni, shuningdek, Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan yoqilg‘i va birinchi galdagi zaruriy tovarlar hajmini oshirishni muhokama qilgan.

Manba: https://daryo.uz/

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>