Yangiliklar
Investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi
  • 04.11.2021
  • 325

  “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5233-son, 25.08.2021 y.) qabul qilindi

  Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-oktyabrdan investorning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan, uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

⇒ Qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalari doirasida byudjet ssudasi mablag‘lari:

➖ elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari uchun – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJlarga;
➖ tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari uchun – “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta'minot” AJlarga ajratiladi.

  Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8970

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>