OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnik va zamonaviy muhandislik yechimi O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislari muhokamasida
  • 29.10.2021
  • 289

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida Rossiya Federatsiyasining “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” aksiyadorlik jamiyati hamda «Strimer ilmiy-ishlab chiqarish uyushmasi» aksiyadorlik kompaniyasi vakillari bilan ishchi tartibdagi masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

 Ikki tomon mas’ullari va mutaxassislari ishtirok etayotgan mazkur uchrashuvning asosiy mavzusi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi elektr uskuna va jihozlarining zamonaviy turlarini amalda qo‘llab ko‘rish va sinov tahlili natijalarini muhokama etishga qaartilgan.  

 Shuningdek, yig‘ilishda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirishda Rossiya Federatsiyasining tajribasini o‘rganish, magistral elektr tarmoqlarida yangi turdagi izolyatorlardan keng foydalanish, ularning “Orenburgenergo” tomonidan o‘tkazilgan sinovlarini ilmiy-muhandislik xulosalarini tahlil etish, «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan xarid qilinib qurilish-montaj jarayonida sinovdan o‘tkazilgan izolyatorlarning mustahkamlik va ishonchlilik xususiyatlarini tahlil etish masalalari muhokama markazida bo‘layotir.  

 Tadbir ishtirokchisi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi Ulug‘bek Urunov yig‘ilish mazmun-mohiyati va maqsadi haqida bizga qo‘yidagicha ma’lumot berdi.  

 – «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hamda Rossiya Federatsiyasining «Rosseti» aksiyadorlik kompaniyasi strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasini tasdiqlagan edi, – dedi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi Ulug‘bek Urunov. – Hamkorlikning dastlabki kelishuvlari 2019 yil 2–4 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida o‘tkazilayotgan «Rossiya energetika haftaligi» (REH) xalqaro forumi doirasida amalga oshirilgandi. Shuningdek, Toshkentda o‘tkazilayotgan “Inno Prom” sanoat ko‘rgazmasida «O‘zbekiston MET» AJ rahbariyati Rossiya Federatsiyasining “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” AJ bilan hamkorlik o‘rnatish yuzasidan kelishuv imzolagan. Bundan tashqari, 2021 yil 2–5 iyun kunlari Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” AJ strategik loyihalar departamenti boshlig‘i Roman Yelovenko bilan uchrashib, hamkorlikning navbatdagi bosqichlarini muhokama qilgan edi.  

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA

https://uza.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>