Yangiliklar
2021–2022-yillar kuz-qish mavsumi: “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali faoliyatiga bir nazar
  • 23.10.2021
  • 565

  «O‘zbekiston MET» AJning «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufida jami 3 dona 220/110/10 kVli podstansiyalar mavjud. Shuningdek, uzunligi 508.1 km bo‘lgan 1 ta 500 kV, 8 ta 220 kV va 4 ta 110 kV havo liniyalari ekspluatatsiya qilinadi. Ya'ni, filial ishchi-xodimlari 1 dona 500 kVli, 8 dona 220 kVli, 4 dona 110 kVli elektr uzatish havo liniyalariga xizmat ko‘rsatadi.

  Filial tasaruffidagi elektr uzatish liniyalarining umumiy uzunligi – 508.1 km tashkil etadi va podstansiyalardan elektr quvvatini o‘tkazish imkoniyati jami – 1250 MVAni tashkil etadi.

  “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialida 2021–2022-yillar kuz-qish mavsumiga elektr uskunalari, elektr uzatish liniyalari va bino-inshootlarni tayyorlash bo‘yicha, filialning 111-sonli buyrug‘i asosida 23-banddan iborat chora-tadbir ishlab chiqilgan.

  2021–2022-yillar kuz-qish mavsumiga elektr uskunalari, elektr uzatish liniyalarini tayyorlash bo‘yicha 2021-yilning fevral-oktyabr oylari mobaynida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Elektr uskunalari, elektr uzatish liniyalarini mukammal ta'mirdan o‘tkazish bo‘yicha bajarilgan ishlar quyidagicha:

 

 

 

  Bajarilgan barcha ishlar bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy bo‘limi inspektorlari ishtirokida texnik nazoratdan o‘tkazilgan va dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

  Elektr uskunalari, elektr uzatish liniyalarini joriy ta'mirdan o‘tkazish bo‘yicha bajarilgan ishlar quyidagicha:

 

 

 

  Filial tasaruffidagi barcha podstansiyalardagi va elektr uzatish tarmoqlaridagi elektr qurilmalar kontakt hamda kisqichli qismlarining qizishi holati “teplovizor” nazorat qurilmasi orqali nazoratdan o‘tkazildi. Aniqlangan nuqson va kamchiliklar bartaraf etildi.

   “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobiga xarid qilingan zamonaviy LK-160/220-A-3 rusumdagi polimerli izolyatorlaridan 11 donasi filial tasaruffidagi 220 kVli elektr uzatish liniyalarida o‘rnatilishi hisobiga, ma'nan eskirgan “PF” va “PS” rusumdagi izolyatorlar almashtirildi hamda liniyalarda elektr energiyasini o‘tkazishdagi mustahkamligi oshirildi.

  Joriy yilda filial tasarrufidagi mavjud 20 dona maxsus avtotransport va mexanizmlarni ta'mirlash maqsadida 17,363 mln. so‘mlik ishlar bajarildi, jumladan avtotransportlar 16 dona avtoshina hamda 11 dona akkumulyator bilan jihozlandi. Bir so‘z bilan aytganda, 2021–2022-yillar kuz-qish mavsumiga “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi barcha maxsus transport vositalari va mexanizmlar shay holatga keltirildi.

 

 

 

  Bundan tashqari, filial tasaruffidagi barcha bino-inshootlar texnik nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, 220/110/10 kVli “Sardor” podstansiyasi binolar mukammal ta'mirlandi. “Qizil-Rovot” podstansiyasi Operativ boshqaruv pulti binosida mukammal ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

  “Podstansiyalar xizmati”, “Releli himoya va elektr sinovlari xizmati”, “Elektr uzatish liniyalari xizmati” hamda “Avtotransport va mexanizatsiya guruhi” xodimlari 2021–2022-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha va avariyali holatlarda tezkor ta'mirlash-tiklash ishlarini bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalardan o‘tkazildi.

  Avariyani tiklash brigadalari tashkil etildi va ular zarur ehtiyot qismlar, transport va yoqilg‘i-moylash materiallari hamda himoya vositalari bilan ta'minlandi. Avariyani tiklash brigadalari ro‘yxati FRDXga taqdim qilindi.

  Kuz-qish mavsumida dispetcherlik va texnologik bashqaruvi hamda aloqa vositalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida, texnik nazorat ishlari tashkil etildi.

  “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tasaruffidagi barcha elektr qurilmalari, 2021–2022-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun shay holatga keltirildi.

  Yana bir ma'lumot, “Qizil-Ravot” podsansiyasida “To‘raqo‘rg‘on IES” AJ mablag‘lari hisobidan modernizatsiya hamda rekonstruksiya ishlari uchun 41,6 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, 125 MVA 2 dona avtotransformatorlar 2 dona 200 MVAli zamonaviy avtotransformatorlarga almashtirilishi uchun olib kelingan.

  Hozirgi kunda 4 dona 220 kV kuchlanishli zamonaviy elegaz o‘chirgichlar o‘rnatildi,  4 dona 110 kVli moyli o‘chirgich zamonaviy elegaz o‘chirgichga almashtirildi

 

Shuningdek, 1 dona 200 MVAli avtotransformator, 10 kVli KRUN, Reaktor va TSN-630 kVA komplekt o‘rnatildi hamda75 MVA qo‘shimcha quvvat uzatish imkoniyati yaratildi.

 

  Ayni kunlarda 1 dona 125 MVA li avtotransformatorni 200MVA ga almashtirish ishlari davom etmoqda. Bajarilayotgan ishlar to‘liq yakunlangandan so‘ng 220/110/10 kV “Qizil-Rovot” podstansiyasida qo‘shimcha 150 MVA quvvatni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi va Uychi, Uchqo‘rg‘on, Norin va Yangiqo‘rg‘on tumanlari hududidagi aholi, ayrim yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar ishonchli elektr ta'minoti bilan ta'minlandi.

✍️ «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>