OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Energetika vazirligi: O‘zbekistonda birinchi yuqori kuchlanishli raqamli podstansiya quriladi
  • 28.10.2021
  • 477

  Energetika vazirligi tizimidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasida birinchi yuqori kuchlanishli raqamli podstansiya qurilmoqda.

  220 kV kuchlanishli raqamli “Zafarobod” podstansiyasini qurish investitsiya loyihasi Osiyo taraqqiyot banki ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda. Raqamli podstansiya Jizzax viloyatida 2023-yilda foydalanishga topshiriladi.

  – Texnologik jarayonlarni boshqarish to‘liq yuqori darajada avtomatlashtirilgan, eng zamonaviy axborot texnologiyalarining boshqaruv tizimlari va vositalari bilan jihozlanadigan raqamli “Zafarobod” podstansiyasi viloyat energetika tizimini 500 MVA qo‘shimcha quvvat bilan ta'minlaydi, – deya ma'lumot berdi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Feruz Qurbonov.

  “Tayyor holda topshirish” sharti asosida, Osiyo taraqqiyot banki talablariga ko‘ra o‘tkazilgan xalqaro tender savdolari natijalari bo‘yicha “Shanghai Electric Group Co.,Ltd” (Xitoy) kompaniyasi g‘olib deb topildi. Ushbu loyiha doirasida “GOPA - International Energy Consultants GmbH” (Germaniya) konsalting kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.

  Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4699-sonli qarori hamda 2020-yil 28- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2021 – 2023-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4937-sonli qarorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1557

https://www.gazeta.uz/

https://yuz.uz/

https://daryo.uz/

https://www.spot.uz/

https://t.me/energetika_xabarlari/

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>