OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Yevropada yangi avtomobillar sotuvining beshdan bir qismi elektr transport vositalariga to‘g‘ri kelmoqda
  • 23.10.2021
  • 400

  Yevropada elektrlashtirilgan transport vositalari o‘sishining yangi bosqichi qayd etildi.  Shunday qilib, joriy yilning uchinchi choragida hududda jami yangi avtomobillar savdosining 19 % to‘liq elektr va gibrid avtomobillar hissasiga to‘g‘ri keldi.

  Qayd etilishicha, oxirgi chorakda benzinli avtomobillar yetkazib berish 35 %ga, dizel yoqilg‘isi esa 50 %dan ko‘proqqa qisqargan.

  Elektromobillar savdosi deyarli 57 %ga (212 mingta elektrokar), gibridlar esa deyarli 43 %ga (197 mingta avtomobil) o‘sdi.

  Yaqinda O‘zbekiston hududidagi ilk elektromobillar joriy yilning dekabr oyida Farg‘onada yig‘ilishi ma'lum bo‘ldi. “Central Asia Motors” Xitoy elektromobillarining bir nechta modellarini sinovdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yadi.

 Korxonada yiliga 10 mingtagacha elektromobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

#buqiziq

@Clearenergy

Manba: https://t.me/clearenergy/1204

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>