Yangiliklar
“O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA GENDER TENGLIGI MASALALARI
  • 26.10.2021
  • 322

  Bugungi kunda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida 1103 nafar xotin-qiz ish faoliyatini olib boradi. Shundan 30 yoshgacha bo‘lgan ayollar soni — 141 nafar, 40 yoshgacha bo‘lgan ayollar — 321 nafar, 50 yoshgacha bo‘lgan ayollar — 319 nafar, 60 yoshgacha bo‘lgan ayollar soni esa — 247 nafarni tashkil etadi.

  Jamiyatimizda ayollar kesimida 22 nafar ayollar rahbarlik lavozimlarida, 321 nafari mutaxassis lavozimlarida, 227 nafari texnik lavozimlarida, 196 nafari esa ishlab chiqarishlarda faoliyat olib borishmoqda.

  2021-yil mobaynida Jamiyat tizimiga 61 nafar xotin-qiz ishga qabul qilindi.

 

  “O‘zbekiston MET” AJda qurilayotgan podstansiyalar va havo tarmoqlariga Markaziy boshqaruv apparatida faoliyat yurituvchi xodimlarni tegishli ishlar bilan tanishtirish (tayanchlarni o‘rnatish, tarmoqlarni ta'mirlash va hokazolar) maqsadida ishlab chiqarish ob'ektlariga sayohatlar uyushtirilmoqda. Mazkur tadbirlarda xotin-qizlarning keng ishtirok etishi ta'minlangan.

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha Prezident tomonidan ta'sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlashga taqdim qilingan nomzodlarning 15 nafarini ham xotin-qizlar tashkil etdi.

 

  Joriy yilda “O‘zbekiston energetika faxriysi” unvoni 13 nafar jamiyatning ayol-qizlariga berilib, eng faol, samarali iqtisodiy natijalarga erishgan Jamiyat ayollariga 26 ta faxriy yorliq hamda Jamiyat tashakkurnomasi taqdim etilishi bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17 iyundagi PQ-4359-sonli bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish uchun davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi va 2020-yil 11-avgustdagi 2-son bayoniga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi yig‘ilishining energetika sohasidagi kamida besh yillik tajribaga ega 6 nafar ayol-qizlariga 2021-2022 o‘quv yilida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hisobidan OTMga kontrakt pullari to‘lab beriladi.

Bundan tashqari, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy sirtqi ta'lim olish uchun Jamiyat tomonidan 2 nafar ayolga barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.

 

 

 

 

 

 

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5-martdagi PQ-5020-sonli qarori ijrosini ta'minlash, mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning ta'lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta'minlashga har tamonlama ko‘maklashish va xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli o‘rganish, hal etish borasidagi ishlar sifatini oshirish maqsadida “O‘zbekiston MET” AJning 2021-yil 12-martdagi 93-sonli buyrug‘i tasdiqlandi. Buyruqqa asosan “O‘zbekiston MET” AJning xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi tashkil etildi. Mazkur komissiya a'zolari 5 nafar bo‘lib, Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tashtanova Zulfiya Nigmanovna unga rais etib saylangan.

 

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida” 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash bo‘yicha “O‘zbekiston MET” AJning 2021-yil 14-iyundagi 187-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. Buyruqda 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “O‘zbekiston MET” AJning kompleks chora-tadbirlari rejasi belgilandi. Rejadagi vazifalar samarali amalga oshirilib kelinmoqda.

 

  2021-yil 24-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida “Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida video-seminar tashkil etildi. Unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Jamiyat markaziy apparati xodimlari, filiallardagi xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari, kasaba uyushma qo‘mitalari a'zolari video-konferensaloqa orqali Jamiyat tarkibiy bo‘linmalari va filiallari mas'ul xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasidan qo‘mita raisi o‘rinbosari Parpiev Maxmudjon Mamatovich, qo‘mita huzuridagi Ekspertlar guruhi a'zosi Musurmonova Oynisa Musurmonovna, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori, katta leytenant Safarova Muyassar Rashidovna ishtirok etdi.

 

  Jamiyat filiallari va tarkibiy bo‘linmalarida respublikamizda keng nishonlanadigan barcha bayramlar ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. Ushbu bayramlar arafasida Jamiyat hamda filiallar va tarkibiy bo‘linmalarda sport musobaqalari tashkil etildi.

  Tizim tasarrufidagi 22 ta filial kasaba uyushma qo‘mitalari ish rejalariga ish beruvchi bilan hamkorlikda xodimlarga mehnat va dam olish uchun sharoitlarni yaxshilash, qulayliklar yaratishni tashkil qilish borasidagi vazifalarga alohida e'tibor qaratish yuklatilgan.

Ushbu axborotnomani tayyorlashda Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi hamda Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasining ma'lumotlaridan foydalanildi.


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>