Kelib tushgan murojaatlar
Murojaat mazmuni: «Iltimos, menga yordam bering, uyimda hech kim yashamasa ham elektr hisoblagich pul yechib olmoqda!»
  • 26.08.2021
  • 383

Murojaat egasi: Salimjon Butayev

Murojaatchining manzili: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, butaev1938@mail.ru

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Iltimos, menga yordam bering, uyimda hech kim yashamasa ham elektr hisoblagich pul yechib olmoqda. Misol uchun, hisobimda 189 ming so‘m pulim bor edi, birdan yo‘q bo‘ldi. Yana meni qarz qilishdi... Iyun oyida Bo‘stonliq elektr ta'minoti korxonasiga borib, bosh muhandisga uchragan edim. “Bo‘ldi, bu xato, anglashilmovchilik, pulingizni qaytaramiz”, degan edi. Qaytarmadi. Aksincha, yana qarz bo‘ldim. Manzilim: Chorvoq qo‘rg‘oni, Do‘stlik ko‘chasi, 41-uy, Butayev Salimjon, shaxsiy hisobvaraqa raqamim: 272240224017.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Salimjon Butayev, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qayd etildi va Siz murojaatda ko‘targan masala "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasiga kirmagani bois, turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

 MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220-500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8732

 ‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELeKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

 het.uz – rasmiy veb-sayti

 Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

 Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

 Call centre: 1154

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati

Ishonch telefoni (Call markaz) +998 55 500-55-45

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>