Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ jamoasi Parda Nazirovich Xidirovni xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani bilan qutlaydi
  • 19.10.2021
  • 407

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2021-yil 8-maydagi AF-233-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2021-yil 12-maydagi 167-sonli buyrug‘i ishlab chiqilgan edi.

  Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi energetika statistikasini BMT standartlariga muvofiq shakllantirish bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov mas'ul etib belgilangan.

Farmoyishga asosan imzolangan buyruqqa ko‘ra, Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Akseleratori guruhlarining treninglarida ishtirok etish va muammoli masalalar yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul etib Aksiyadorlik jamiyati Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasining boshlig‘i P.N.Xidirov ishtirok etishi belgilangan.

«O‘zbekiston MET» AJ jamoasi Parda Nazirovich Xidirovni O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Akseleratori guruhlari tomonidan taqdim etilgan sertifikatga ega bo‘lgani bilan qutlaydi.

✍️ Axborot xizmati

>