OAV va jamoatchilik bilan ishlash
O‘zbekiston sharoitida uyni tekin (!) va o‘chmaydigan (!) “svet” bilan ta’minlash qanchaga tushadi?
  • 14.10.2021
  • 265

  Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, uydagi xonalarni yoritish, ikkita televizor, bitta muzlatkich va bitta konditsioner ishlatish uchun 3 kVt quvvatli quyosh panellari kerak bo‘ladi. Bunday panellarni o‘rnatish narxi – 18 milliondan 30 million so‘mgacha.

  Quyosh suv isitgichlari ancha arzonroq. Kuniga o‘rtacha 100 litr suvni isitadigan qurilma, o‘rnatish xarajatlari bilan birga, taxminan 3 mln so‘mga tushadi. Zamonaviy kollektorlar quyosh botganidan keyin ham uyni issiq suv bilan ta’minlay oladi.

  Xonadonga quyosh panellari va suv isitgichlarini sotib olish xarajatlarining bir qismi davlat budjetidan qoplab beriladi.

Manba: https://t.me/xpressuz/6012

✍️"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>