Qonunchilikka ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish:
➖ fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mdan 4 mln 50 ming so‘mgacha);
➖ mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha (5 mln 400 ming so‘mdan 6 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Manba: https://t.me/huquqiyaxborot/10511
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati