Yangiliklar
9 OY YAKUNLARI HISOBOTI: Elektr energiyasi transportirovkasi, joriy va kapital ta'mirlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, texnologik sarflarni kamaytirish, qo‘shimcha quvvatlar yaratish (viloyatlar kesimida)
  • 11.10.2021
  • 747

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorining 3-bandiga (vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbar o‘rinbosarlari faoliyatini baholash ko‘rsatgichlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida, internet axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda hisobot berib borishi) muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosarining asosiy faoliyati to‘g‘risida ma'lumotlar jamlanmasi (2021-yil 9 oylik yakunlariga ko‘ra)

 

  So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Albatta, erishilgan yutuqlar o‘zimizniki va uning samarasi mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning farovon hayotidan aks etib boraveradi. Ammo...

  Yutuqlar bilan birga bir qator kamchiliklarimiz, yechimini kutayotgan muammolarimiz ham mavjud. Birgina elektr energetika tarmog‘ida mavjud imkoniyat va salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotganligi ham rejalashtirilgan islohotlarni samarali amalga oshirish va mamlakatni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilishi turgan gap.

  Energo resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish darajasining pastligi, tegishli infratuzilmani yangilash sur'atlarining sustligi texnologik yo‘qotishlarning oshishiga va elektr energiyasini yetkazib berishda, ayniqsa joylarda muntazam uzilishlarga cabab buladi.

  Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ-4249-sonli qaroriga asosan “O‘zbekenergo” AJ negizida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tashkil etilgan edi.

 

 

  Shu o‘rinda Aksiyadorlik jamiyatimizning asosiy ish faoliyati sanab o‘tsak...

I. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari:

- respublikaning magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;

- elektr energiyasini respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish;

- elektr energiyasini eksport va import qilish, shuningdek, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish;

- elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, shu jumladan xususiy kapital ishtirokidagi korxonalarni, shuningdek, magistral va hududiy elektr tarmoqlarini yagona operativ-dispetcherlik boshqarish;

- elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, shu jumladan xususiy kapital ishtirokidagi korxonalardan elektr energiyasini yagona xarid qiluvchi funksiyasini bajarish, shuningdek, elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotish.

  Hozirda Aksiyadorlik jamiyati tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 14 ta filial, elektr tarmoqlarini raqamlashtirishga ixtisoslashgan “Energo–IT” filiali, “O‘zenergoinjiniring” AJ loyiha tashkiloti, Maxsus texnika va avtotransport vositalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi “Energomaxsusavto” MChJ, elektr tarmoqlarini qurishga ixtisoslashgan “Magistraltarmoqqurilish” filiali va “Gridcon” MChJ hamda 5 ta ijtimoiy soha ob'ektlari faoliyat yuritib kelmoqda.

  Bugungi kunda jamiyatga qarashli 84 ta podstansiya va uzunligi 11 414,4 km bo‘lgan yuqori kuchlanishli magistral havo elektr uzatish tarmoqlari mavjud bo‘lib, markaziy apparat va tuzilma tarkibidagi filiallarda jami bo‘lib 4700 nafardan ziyod xodimlar mehnat faoliyatini olib bormoqda.

  Elektr energiyasini transportirovka qilish hajmi 46,8 mlrd. kVt•soatni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 120,9 %ga o‘sdi, uzatishdagi texnologik sarf me'yori qabul qilingan elektr energiyasiga nisbatan 2,84 % o‘rnatilgan bo‘lib, amalda 2,60 %ni tashkil etib, me'yorga nisbatan 0,24 % kamaytirishga erishilgan. Podstansiyalarda elektr energiyasini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishi natijasida 13.6 mln.kVt.soat, ya'ni 4, 012 mlrd.so‘m tejalishiga erishilgan.  

  Iste'molchilar va ishlab chiqarish hamda tadbirkorlik sub'ektlarini uzluksiz va ishonchli elektr energiyasi bilan ta'minlash, shu bilan birga, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 9 ta kuch transformatori (129 % ga), 77 ta 110-500 kV kuchlanishli o‘chirgich (108 %ga), 19 ta kompressor qurilmasi (106 %ga) hamda kuchlanishi 110–500 kV bo‘lgan 1224,7 km uzunlikdagi havo elektr tarmog‘i (102%ga) mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, 292 ta kuch transformatori, 1307 ta 110–500 kV kuchlanishli o‘chirgich, 33 ta kompressor qurilmasi va kuchlanishi 110-500 kV bo‘lgan 4593.9 km uzunlikdagi elektr uzatish havo tarmog‘i joriy ta'mirlandi va 19,7 mlrd. so‘m (118,1 %) mablag‘ o‘zlashtirildi, ya'ni keltirilgan mablag‘lar miqdoridagi ishlar bajarildi.

  So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

hududida joylashgan Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal'a tumanlarining asosiy qismini elektr energiyasi bilan ta'minlab kelgan 220 kVli “Beruniy” podstansiyasida quvvati 93% yuklama bilan ishlayotgan 1 ta 125 MVAli AT-1 transformatori mavjud bo‘lgan.

 

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

  Ushbu transformatorda rejali ta'mir va elektr sinov ishlarini bajarish uchun elektr tarmoqlarida qisman cheklovlar kiritilishi lozim bo‘lganligi sababli ta'mirlash ishlarida muammolar yuzaga kelgan.

 Ushbu muammoni yechish hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talabni, sanoatni rivojlantirish va tadbirkorlik sub'ektlarining ehtiyojini qoplash maqsadida joriy yilda 220 kVli “Beruniy” podstansiyasiga quvvati 125 MVA bo‘lgan AT-2 ikkinchi transformatori o‘rnatilib, AT-1 transformatori yuklamasi me'yoriga keltirildi.

 Yuqorida amalga oshirilgan dasturlarining samaradorligi natijasida Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal'a tumanlarida kuz-qish mavsumlaridagi elektr ta'minotida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan cheklovlarning oldi olinib, mavjud ishlab chiqarish korxonalari quvvatlarini kengaytirish va yangi tadbirkorlik ob'ektlarining tashqi elektr ta'minotiga ulanishiga, elektr ta'minotidagi mustahkamlikning oshirilishiga hamda keyingi 3–5 yillikda elektr energiyasiga bo‘lgan talab to‘liq qoplanishiga (ya'ni talabga muvofiq o‘tkazuvchanlik quvvati oshirildi) erishildi.

 

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

 

 Andijon viloyatida

  2021-yilda 103% o‘ta yuklama bilan ishlayotgan 220 kVli “Xakan” podstansiyasida joriy yilda 1 ta 125 MVA transformator o‘rniga 200 MVAli transformator o‘rnatilib, viloyatda jami 75 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi.

  Amalga oshirilgan ishlar natijasida Andijon shahri, Andijon, Oltinko‘l, Izboskan, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlarining energiya ta'minoti yaxshilandi, kuz-qish mavsumlaridagi elektr energiyasi cheklovlariga barham berilib, elektr xo‘jalik ob'ektlarining turg‘unligi va iste'molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi batamom ta'minlanishiga erishildi.

 

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

 

 Buxoro viloyatida

  2021-yilda “Quyimozor” podstansiyasida 2 ta 30 MVA transformator o‘rniga 1 ta 125 MVAli transformator o‘rnatildi hamda qo‘shimcha 1 ta 63 MVAli transformator o‘rnatilib, natijasida viloyatda qo‘shimcha jami 128 MVA quvvat yaratilishiga erishildi. “Quyimozor” podstansiyasidan ta'minlanuvchi Amu-Buxoro mashina kanali tizimining tashqi elektr tarmoqlari mustahkamligi oshirildi.

 Buxoro viloyatning elektr ta'minotidagi quvvat tanqisligi muammolari yechildi va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi tadbirkorlik sub'ektlarining elektr energiyasi bilan ta'minlanishiga keng imkoniyatlar yaratildi.

 

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

 

Jizzax viloyatida

  joriy yilda kuchlanishi 110 kVli “DNS-2” podstansiyasini rekonstruksiya qilish natijasida kuchlanishi 220 kVli podstansiyaga aylantirilib, yangi 2 ta 125 MVA quvvatli transformatorni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

  Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda mavjud quvvatlarning yanada oshirilishi natijasida viloyatning Dashtobod, Zomin, Zafarobod, Sharof Rashidov tumanlarining elektr ta'minoti yaxshilanib, yangi qurilgan sement zavodlari, ijtimoiy soha ob'etlari boshqa tadbirkorlik sub'ektlari tashqi elektr ta'minoti ishonchliligi oshiriladi.

 

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

 

 Qashqadaryo viloyatida

  2020–2021-yillarda Shahrisabz tumanida 220 kVli “Amir Temur” podstansiyasi soha mablag‘lari hisobidan qurilib, quvvati 125 MVA bo‘lgan 1 dona transformator o‘rnatildi. Yangi podstansiya qurilishi viloyatdagi podstansiyalarning yuklamalarini me'yorga keltirish bilan bir qatorda 110 kVli “Yakkabog‘–1” va “Yakkabog‘–2” havo elektr uzatish tarmoqlarida o‘ta yuklama hosil bo‘lishi holatlari oldi olindi, “QARSHI CONCH CEMENT” MChJ QK tashqi elektr ta'minoti bilan ta'minlandi.

  Bu ishlar natijasida Qashqadaryo viloyatda qo‘shimcha quvvat yaratilib, Qarshi shahrida, G‘uzor, Dehqonobod, Kitob, Yakkabog‘, Shahrisabz, Chiroqchi va Qamashi tumanlarning elektr ta'minotidagi quvvat tanqisligi muammolari yechildi va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi tadbirkorlik sub'ektlarining elektr energiyasi bilan ta'minlanishiga imkoniyatlar yaratildi.

 

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

 

Navoiy viloyatida

  220 kVli “Ximiya” podstansiyasida joriy yilda qo‘shimcha 200 MVA quvvatli 3-chi transformator o‘rnatildi.  Shuningdek, 220 kVli “Gornaya” podstansiyasida 1 ta 20 MVAli transformator o‘rniga 1 ta 63 MVAli transformator o‘rnatilib, 43 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi.

  Shu bilan birga, Karmana tumanida joriy yilda 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi hamda yagona energetika tizimiga ulanib, katta miqdordagi yoqilg‘i tejalishiga erishildi.

  Jami qo‘shimcha hosil qilingan 243 MVA quvvat viloyatning elektr ta'minotini yaxshiladi va ishlab chiqaruvchi korxonalar quvvatlarining kengaytirilishiga imkon yaratib, Navoiy shahrida, Xatirchi, Nurota tumanlarida, “NKMK” DK, “Navoiyazot” AJ korxonalarida va Zarafshon hududidagi elektr iste'molchilarining tashqi elektr ta'minoti ishonchliligi oshirilib, quvvat tanqisliliga barham berildi.

 

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

 

Namangan viloyatida

joriy yilda 220 kVli “Qizil Rovot” podstansiyasidagi 1 ta 125 MVA quvvatdagi transformator 96% yuklama bilan ishlayotganligi sababli joriy yilda 200 MVA bo‘lgan transformator o‘rnatildi.

Bajarilgan ishlar natijasida 75 MVA qo‘shimcha quvvat yaratilib, viloyatning Chortoq, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarining elektr ta'minotidagi mustahkamlik oshirildi.

 

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

 

Samarqand viloyatida

 elektr energiyasiga bo‘lgan talab o‘sib borayotganligini inobatga olib, ushbu talabni qoplash maqsadida joriy yilda 100% yuklama bilan ishlab kelayotgan 220 kVli “Kattaqo‘rg‘on” podstansiyasida 2 ta 125 MVAli transformator o‘rniga 2 ta 200 MVAli transformator o‘rnatildi va qo‘shimcha 150 MVA quvvatga oshirildi. “Cho‘ponota” PSda 10 MVA transformatori 16 MVAga “Samarqand” podstansiyasida 16 MVA transformatori 25 MVA transformatoriga almashtirildi. Mazkur amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyatda 165 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi. “Cho‘ponota” PSdagi “L-Ch-S”, “L-B-Ch” elektr uzatish tarmoqlari o‘ta yuklanishining oldini olish va o‘rnatilgan 3-chi transformatorni nominal quvvatlarda ishlashini ta'minlash maqsadida “Cho‘ponota” va “So‘g‘diyona” podstansiyalarini bog‘lovchi 220 kVli uzunligi 45 km bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘ini qurish ishlari olib borilmoqda.

 Yuqoridagi ishlar natijasida viloyatda yozgi maksimum va kuz-qish mavsumlaridagi yuklamalarning ortishi bilan va avariyali holatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan cheklovlarga barham berilib, elektr xo‘jalik ob'ektlarining turg‘unligini va iste'molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini ta'minlashga erishiladi.

 

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

 

 Sirdaryo viloyatida

 “WANG DA ROLLING STEEL” MChJ QK tomonidan bunyod etilgan yangi metall quyish zavodining tashqi elektr ta'minoti uchun “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan 220/35/6 kVli podstansiya uchun quvvati 40 MVAli 2 ta transformator va yuqori kuchlanishli elektr qurilmalar yetkazib berildi. Bu esa tadbirkorning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplashga xizmat qiladi.

 

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

 

 

Toshkent viloyatida

 2021-yilda 220 kVli “Chirchiq” podstansiyasida 2 ta 125 MVAli transformator o‘rniga 200 MVAli transformator o‘rnatilib, qo‘shimcha 150 MVA quvvatga oshirildi.

 Viloyatda jami 150 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi hamda hududning elektr ta'minoti yaxshilandi va ishlab chiqaruvchi korxonalar quvvatlarini kengaytirish hamda yangi tadbirkorlik sub'ektlarining ochilishiga imkoniyatlar yaratildi.

 

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

 

 

 Toshkent shahrida

 2021-yilda 220 kVli “Yuksak” podstansiyasida 1 ta qo‘shimcha 63 MVA transformator o‘rnatildi.

 Toshkent shahrida ekspluatatsiya qilinib kelinayotgan podstansiyalarda sohada amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlari samaradorligi natijasida poytaxt energetika tarmog‘i ishonchliligi oshirildi, zarur holatlarda bitta podstansiyaning yuklamasini boshqa podstansiyaga vaqtincha berish imkoniyati paydo bo‘ldi.

© uzbekistonmet.uz veb-saytidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografikadan ko‘chirma

 

Farg‘ona viloyatida

 joriy yilda 220 kVli “O‘zgarish” podstansiyasida 1 ta 200 MVAli transformatori o‘rniga 250 MVAli transformator o‘rnatilib, qo‘shimcha 50 MVA quvvat yaratildi. Ushbu ishlar natijasida viloyatda yana 50 MVA qo‘shimcha quvvat yaratilib, elektr ta'minotini yanada yaxshilaydi va yangi tadbirkorlik sub'ektlarining ochilishiga xizmat qiladi.

 Amalga oshirilgan ishlar natijasida elektr energiyasi ta'minoti yaxshilandi, kuz-qish mavsumlaridagi elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortishi natijasida quvvat tanqisligiga barham berilib, cheklovlar oldi olinib, elektr xo‘jalik ob'ektlarini turg‘unligi va iste'molchilarning elektr energiyasiga oid muaommalari yechilishiga erishildi.

 

 

 

 

 Xorazm viloyatida

 2021-yillarda 220 kVli “Xorazm” podstansiyasida 86 % yuklama bilan ishlayotgan 1 ta 125 MVA quvvatli transformator o‘rniga 1 ta 200 MVA quvvatdagi transformator o‘rnatildi. “Xorazm” podstansiyasining quvvati 75 MVAga oshirildi. Joriy yil aprel oyida reaktiv quvvat manbai qurilmasi IRM-2 quvvati 75 MVar va avgust oyida IRM-1 quvvati 75 MVar qurilmasi 220kVli “Xorazm” podstansiyasida ishga tushirilib, elektr tarmoqlarida hosil bo‘ladigan reaktiv quvvat sarfini kompensatsiya qilib, iste'molchilarga yetkazib beradigan kuchlanishning pasayib ketishi oldi olindi. O‘z navbatida 110–220 kV havo elektr uzatish tarmoqlaridagi kuchlanish miqdorini belgilangan me'yorida bo‘lishi ta'minlanib, yirik iste'molchilarga bir maromda sifatli elektr energiyasi uzatilishi ta'minlandi hamda shu tarmoqlardagi texnik yo‘qotishlarning (1,535 mln. kVt•soat) kamayishiga erishildi.

 Sohada amalga oshirilgan investitsiya dasturlarining samaradorligi natijasida viloyatda yozgi maksimum va kuz-qish mavsumlaridagi yuklamalarning ortishi bilan yuzaga keladigan quvvat tanqisligiga barham berilib, elektr xo‘jalik ob'ektlari turg‘unligini va iste'molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi batamom ta'minlanishiga erishildi.

 “O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi podstansiyalarda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq choralar ko‘rilgan bo‘lib, jami 67 dona havoli o‘chirgich elegazli o‘chirgichlarga almashtirildi (2 dona 500 kV, 31 dona 220 kV, 34 dona 110 kV).

 Jamiyatimiz tasarrufidagi podstansiyalarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash hamda soha mutaxassislarini tayyorlash maqsadida yil yakunigacha 6 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat va yuqori tashkilotlardan kelayotgan topshiriq ijrosini nazorat qilish maqsadida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi tashkil etilgan. Kelib tushayotgan har bir topshiriq chuqur o‘rganilib, ijrosi nazoratga olinmoqda.

 Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ishlarning amalga oshirilishidan oldin respublikamiz aholisi iste'molchilarida, ijtimoiy soha ob'ektlarida, katta-kichik ishlab chiqarish korxonalarida kuz-qish mavsumlari davrida va yangi barpo etilayotgan tadbirkorlik sub'ektlari ob'ektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun quvvat yetkazib berish imkoniyati cheklanganligi hamda tizimdagi elektr quvvati tanqisligi oqibatida cheklovlar kiritilishiga sabab bo‘layotgan edi.

 Sohada amalga oshirilgan investitsiya dasturlarining samaradorligi natijasida elektr energiyasi ta'minotida keng ko‘lamli yo‘llar ochilishiga, mavjud va yangi ishlab chiqarish ob'ektlari quvvatini oshirishga hamda aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilib, cheklovlar oldini olishga hamda mustahkam, ishonchli elektr ta'minotiga erishildi.

 X.B.Elmurodov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

https://uza.uz/oz/posts/investitsiya-dasturi-yuqori-kuchlanishli-elektr-tarmoqlarida-quvvat-tanqisligi-bolmaydi_310823

https://minenergy.uz/uz/news/view/1544

Xorijiy nashrda: http://energo-cis.ru

✍️"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>