Yangiliklar
2021-yil to‘qqiz oylik sarhisobi: Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda rejadagi (yillik) 1568 MVA dan (9 oy davomida) 1446 MVA qo‘shimcha quvvat oshirildi
  • 08.10.2021
  • 414

 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasining 2021-yil to‘qqiz oylik yakunlari sarhisobi

  Ma'lumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘zining bir qator vazifalari amalga oshirish bilan birga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, kengaytirish, ularni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, ob'ektlarni moliyalashtirish hamda ularni amalda bajarilishi uchun yillik va istiqbolli elektr tarmoqlarining qurilish dasturlarini ham amalga oshiradi.

 

 

 

  Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi magistral elektr tarmoqlarda olib borilayotgan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini muvofiqlashtiradi.

  Shuningdek, boshqarma “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiy korxona va bo‘linmalaridan loyihaning bajarilishini nazorat qilish jarayonida pudratchi tashkilotlarning shartnoma majburiyatlarini va, zarur bo‘lganda, shartnomada nazarda tutilgan sanksiyalarni taqdim etishni talab qiladi.

  Ushbu amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Energetika vazirligi topshiriq va ko‘rsatmalari hamda Shaharlararo norma qoidalari, xavfsizlik qoidalari va boshqa normativ hujjatlari asosida olib boradi.

  Boshqarmaga 2019-yil 2-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan loyihalarni tarmoq ekspertizasidan o‘tkazish guvohnomasi taqdim etilgan. Misol uchun, Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi tomonidan 2021-yilning to‘qqiz oyligida quyidagi loyihalarga tarmoq ekspertiza xulosasi berildi:

 

- “Pop–Namangan–Andijon temiryo‘l liniyasini elektrifikatsiyalash” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan 220 kVli “Qizil rovot” podstansiyasidagi 110 kVli ochiq taqsimlash qurilmasini kengaytirish” loyihasi;

 

  - “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida “Ozodlik” podstansiyasidagi 10 kVli “KRUN” qurilmasini almashtirish” loyihasi;
- “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi 220/110/10kVli “Beruniy” podstansiyasidagi 125 MVA quvvatli “T-2” avtotransformatorini o‘rnatish” loyihasi;
- “Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi 220/35/6 kVli “Gornaya” podstansiyasini qayta qurish” loyihasi;
- “To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi” loyihasi doirasida 220 kVli “Qizil Rovot” podstansiyasini qayta qurish” loyihasi;
- “Jizzax viloyatidagi “Sirdaryo IES” AJ va “Zafarobod” podstansiyasi oralig‘ida ikkita 220 kVli havo tarmog‘i va 220/110/10 kVli “Zafarobod” podstansiyasini qurish” loyihasi;
- “Qashqadaryo viloyatidagi 500/220/110/10 kVli “G‘uzor” podstansiyasi va 220/110/10 kVli “Amir Temur” podstansiyasi oralig‘ida 220 kVli “L-Azamat-2” havo tarmog‘ini qurish” loyihasi;
- Samarqand viloyati Nurobod rayonida “100 MVt quvvatli quyosh fotoelektrostansiyasi qurilishi” (220 kVli “L-17-Qarshi” havo liniyasida kirish-chiqish tugunini hosil qilish) loyihasi;
- “Qashqadaryo viloyatidagi 220/110/10 kVli “Amir Temur” podstansiyasida 125 MVA quvvatli T-1 avtotransformatorini o‘rnatish”  loyihasi.

  Bir o‘z bilan aytganda, “O‘zbekiston MET” AJ o‘z navbatida respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes sub'ektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ortib borayotgan qismini to‘liq qoplash maqsadida Jamiyat tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlarini jadal olib bormoqda.

 Xususan:

 2021-yilda modernizatsiya va rekonstruksiya dasturi asosida jami 15 ta podstansiyalarda qo‘shimcha 1568 MVA quvvat oshirish rejalashtirilgan.

Joriy yilning to‘qqiz oyligida 11 ta podstansiyalarda,

 shundan:

 

 Toshkent viloyati “Chirchiq” podstansiyasida – 2 dona (200 MVAli) 150 MVA;

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Beruniy” podstansiyasida – 1 dona (125 MVAli) 125 MVA;
Xorazm viloyati “Xorazm” podstansiyasida – 1 dona (200 MVAli) 75 MVA;
Farg‘ona viloyati “O‘zgarish” podstansiyasida – 1 dona (200 MVAli) 50 MVA;
Buxoro viloyati “Quyimozor” podstansiyasida – 2 dona (63 MVAli) 63 MVA va 1 dona (125 MVAli) 65 MVA;
Qashqadaryo viloyati “Amir Temur” podstansiyasida – 1 dona (125 MVAli) 125 MVA;
Navoiy viloyati “Gornaya” podstansiyasida – 1 dona (63 MVAli) 43 MVA va “Ximiya” podstansiyasida – (200 MVAli) 200 MVA;
Samarqand viloyati “Kattaqo‘rg‘on” podstansiyasida – 2 dona (200 MVAli) 150 MVA;
Namangan viloyati “Qizil-rovot” podstansiyasida – 1 dona (200 MVAli) 200 MVA;
Andijon viloyati “Xakan” podstansiyasida – 1 dona (200 MVAli) 200 MVA  yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatilib ishga tushirildi va 1446 MVA quvvatga oshirildi.

  Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida 2021-yil 05-yanvarda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi tomonidan 5-sonli buyruq imzolandi. Qarorga asosan 2021-yil umumiy qiymati 124,0 mln AQSh dollar (1 351,6 mlrd.so‘m) 10 ta loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan: 

 Soha mablag‘lari hisobidan – 16,59 mln AQSh dollar (180,9 mlrd. so‘m);
Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 107,4 mln. AQSh dollar (1 170,7 mlrd. so‘m) tashkil etadi.

2021-yil to‘qqiz oylikda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 69,5 mln AQSh dollar (757,45 mlrd. so‘m) mablag‘ o‘zlashtirilib, rejaga nisbatan 156,2 foizga (reja 44,5 mln AQSh dollar yoki 484,9 mlrd. so‘m) jumladan:

-  Soha mablag‘lari hisobidan – 27,9 mln AQSh dollar (304,9 mlrd. so‘m);

-   Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 41,08 mln AQSh dollar (447,8 mlrd. so‘m) bajarildi.

 Joriy yil yakuniga qadar umumiy qiymati 58,0 mln AQSh dollarli 3 ta loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan, shundan:

 - “O‘zbekiston Respublikasining hududida joylashgan 500 kV “G‘uzor–Regar” (L-507) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini tiklash” investitsiya loyihasi qiymati 14,8 mln AQSh dollar.

- “500kV Surxon–Puli-Xumri (Xo‘ja-Alvon) elektr tarmog‘ini qurish loyihasi doirasida 500kVli "Surxon" podstansiyasidagi OTQni kengaytirish” investitsiya loyihasi qiymati 32,0 mln AQSh dollar.

- “Pop–Namangan–Andijon elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasining tashqi ob'ektlarini elektr ta'minoti bilan ta'minlashda tayanch nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi qiymati 11,2 mln AQSh dollar.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-martdagi “Toshkent shahridagi davlat mulki ob'ektlariga investitsiyalarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 146-sonli qaroriga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun Toshkent shahri Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy manzilida yetti qavatli ma'muriy bino qurilishi amalga oshirilmoqda.

 yetti qavatli asosiy bino B korpusi qurib bitirildi va pardozlash ishlari davom etmoqda. V korpusda poydevor quyish ishlari tugatildi.

 Ma'lumot o‘rnida: Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasida jami 10 nafar xodimlar mehnat faoliyati olib boradi.

 Hurmat bilan,

Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi jamoasi

✍️"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>